Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1.
1 va
11-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
2-banddagi “Eng kam ish haqining” degan soʻzlar “Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
11-banddagi “pochta aloqasi tashkiloti” degan soʻzlar “kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
14-banddagi “bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “departamenti” degan soʻz bilan almashtirilsin.