Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 11-yanvardagi 110, 01/03-26/29-son (roʻyxat raqami 2755, 2016-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 39-modda) qarori bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
19-bandidagi “eng kam ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2019-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.