1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jaxon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qaroriga muvofiq, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bir oy muddatda:
tizim (SAIDI) ishlashidagi uzilish oʻrtacha davomiyligining indekslari va tizim (SAIFI) ishlashining oʻrtacha tez-tez uzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan amaldagi uzilishlar haqidagi yakuniy hisobotni vazirlik rasmiy veb-sayti va Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida har chorakda joylashtirish imkonini beradigan tartibni ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
567-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 95-modda) oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda):
“Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish (yangi obyekt qurilishida qurilayotgan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish doirasida amalga oshiriladi);
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish;
isteʼmolchilar elektr qurilmalarini elektr tarmogʻiga ulash toʻgʻrisidagi dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
Bunda Dalolatnomani ushbu Reglament bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tasdiqlash davrida elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi aniqlanadi, elektr energiyasini hisobga olish tizimi plombalanadi, elektr taʼminoti shartnomasi tuziladi va isteʼmolchi elektr qurilmalariga kuchlanish beriladi.
5. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (keyingi oʻrinlarda HETK deb ataladi) huzuridagi elektr tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslar elektr qurilmalarini ulash xizmatlarini koʻrsatish xizmati:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqadi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun boshqa loyihalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqadi;
elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajaradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
b) loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajaradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi):
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishadi;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari elektr qurilmalarining tayyorligini aniqlaydi va keyinchalik Dalolatnomani imzolaydi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalashda ishtirok etadi”;
6-banddagi “Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Quvvati 20 kVtgacha boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha qurilish-montaj tashkilotlari bilan shartnomalarni YIDXP orqali tuzish huquqiga ega va ushbu tashkilotlar YIDXPda koʻrsatiladigan xizmatlar va ularning narxlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni taqdim etadi”;
“20. Elektr qurilmalarini quvvati 20 kVtgacha boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlari HETK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan ushbu ishlarni bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi”;
23-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzdavenergonazorat” DIga” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiyaga” (yangi obyekt qurilishida qurilayotgan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish doirasida amalga oshiriladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“25. Elektr taʼminoti loyihasining HETK tomonidan koʻrib chiqilishi va “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishilishi bir vaqtning oʻzida elektr qurilmalarning kuchlanishiga bogʻliq holda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish va kelishish natijalari tegishli ravishda HETK va “Oʻzenergoinspeksiya”ning ERIsi bilan tasdiqlanadi va ERI bilan tasdiqlangan kuni loyiha tashkilotlariga YIDXP orqali elektron koʻrinishda yuboriladi.
“Oʻzenergoinspeksiya” soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlardan oshmagan muddatlarda elektr taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi:
uch ish kunida — kuchlanishi 1 000 Vgacha (1 kV) va 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalar uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalar uchun”;
“271. Agar mazkur Reglamentning 25-bandida nazarda tutilgan muddatlar oʻtgandan soʻng HETK elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqmasa yoki “Oʻzenergoinspeksiya” elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi yoki kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida xulosa bermasa, elektr taʼminoti loyihasi kelishilgan deb hisoblanadi.
Bunda Davlat xizmatlari markazi tomonidan zudlik bilan elektr taʼminoti loyihasi koʻrib chiqilgani va kelishilgani toʻgʻrisida bildirishnoma beriladi”;
5-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ulash dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash tartibi.”;
“Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ulashda elektr qurilmalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun joyiga chiqish toʻgʻrisida bildirishnoma avtomatik ravishda “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuboriladi”;
“32. “Oʻzenergoinspeksiya” joylarga chiqib, bajarilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari (hujjatlari) elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi, shuningdek, kelishilgan loyiha, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligi yuzasidan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi”;
quyidagi mazmundagi 321-band qoʻshilsin:
“321. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bayonnomasi (keyingi oʻrinlarda Bayonnoma deb ataladi) tuzilib, unda isteʼmolchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) toʻgʻrisida yozuv qayd etiladi”;
“33. “Oʻzenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi:
uch ish kunida — kuchlanishi 1000 Vgacha (1 kV) boʻlgan elektr qurilmalari uchun;
yetti ish kunida — kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun.
34. Ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik, taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi, taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi, elektr energetika sohasidagi texnik shartlar va amaldagi texnik normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi bildirishnoma “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tegishli tashkilotlar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboradi. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari rad etish sabablarini bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega boʻlgan muddat “Oʻzenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng ushbu tashkilotlar “Oʻzenergoinspeksiya”ga elektr qurilmalarini qaytadan koʻrikdan oʻtkazish uchun joylarga chiqish toʻgʻrisidagi bildirishnomani YIDXP orqali yuboradi.
“Oʻzenergoinspeksiya” elektr qurilmalarni bildirishnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Isteʼmolchining elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolash imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani qayta koʻrib chiqishda, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnomani imzolashni rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval keltirilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
35. “Oʻzenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 33-34-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan soʻng isteʼmolchining elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va “Oʻzenergoinspeksiya” Dalolatnomani imzolashga tayyorligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani HETK, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, isteʼmolchiga (elektron koʻrinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi”;
36-bandda “ishga tushirish uchun ruxsatnoma berilgandan soʻng” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan ekspluatatsiya qilishga tayyorligi aniqlangandan soʻng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-banddagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
“41. HETK elektr energiyasini hisobga olish tizimi plombalangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Bir vaqtning oʻzida HETK hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini Byuro, “Oʻzenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YIDXP orqali kelishadi.
Dalolatnomani imzolashning kelishilgan sanasi HETK tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan kundan kechikmasdan imzolanadi”;
Quyidagi mazmundagi 411 — 413-bandlar qoʻshilsin:
“Dalolatnoma mazkur Reglamentning 41-bandida nazarda tutilgan tomonlar imzolagan kunda:
isteʼmolchi elektr qurilmalarini kuchlanishi 0,4 kv boʻlgan elektr tarmoqlariga ulashda — tegishli elektr taʼminoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan;
isteʼmolchi elektr qurilmalarini kuchlanishi 6 — 10 kv va undan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlarga ulashda — tegishli HETK rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
412. Elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini quvvati 20 kVtgacha boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash Dalolatnomasi mazkur Reglamentning 5-paragrafida nazarda tutilgan tartibda “Oʻzenergoinspeksiya”ning ishtirokisiz rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
413. 20 kVtgacha boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalarini ulashda “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnomani imzolanishi talab etilmaydi”;
“46. Texnik shartlarni, shu jumladan qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, elektr taʼminoti loyihalarini kelishish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, Dalolatnomani rasmiylashtirish va tasdiqlash toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno”;
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ilovada:
III. “Isteʼmolchilarni quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash” boʻlimida:
4 va 5-bosqichning “Chora-tadbirlar” ustunidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DIga” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya”ga” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
V. “Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish va kuchlanishni yetkazib berish” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qoʻshilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish BAYoNNOMASI
tomonidan _______ kVa (kVt) quvvatga ulanish uchun berilgan.
1.2.2. Elektr taʼminoti loyihasi __________________________________________________________
(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish soni va sanasi)
_______________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha “Oʻzenergoinspeksiya” bilan ____________________________________________________
(loyiha kelishuvi raqami va sanasi)
kelishilgan va elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanayotgan tashkilot ______________________
(tashkilot nomi)
______________ tomonidan koʻrib chiqilgan _________________________________________________
(loyihani qoʻrib chiqish raqami va sanasi)
1.2.3. Elektr montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari va sinovlar
______________________________________________________________ tomonidan amalga oshirilgan.
(tashkilot nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati))
1.2.4. Ishga tushirish-sozlash hujjatlari va sinovlar (oʻlchovlar) EQTQ, XTQ talablariga muvofiqligi _____________________________________________________________________________________
2. Elektr qurilmalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi.
2.1. Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishni tashkil etish boʻyicha:
(iste�molchi tashkilot yoki elektr qurilmalar egasining nomi (tegishlisi chizilsin))
2.1.2. Elektr hoʻjaligi uchun javobgar shaxs
_____________
_____________
(lavozimi)
(F.I.O.)
20 __-yil “____” ______ dagi ___-son buyruq bilan tayinlangan.
U TEQQ va XTQ boʻyicha bilim sinovidan qonunchilikda belgilangan tartibda, _____ yil “____” ________ da oʻtib, unga ____ V elektr qurilmalarda ishlash uchun xavfsizlik texnikasi boʻyicha _______ guruh berilgan.
2.1.3. Elektrotexnik xodimlarning soni va malakasi boʻyicha muvofiqligi___________________________
2.1.4. Elektr himoya vositalarining holati, ularni yetarli ekanligi ________________________________
2.1.5. Tezkor texnik hujjatlar mavjudligi (bor, yoʻq):
tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi _____________________________________________________;
2.2.1. Yongʻinga qarshi xavfsizligi vositalar bilan taʼminlanishi __________________________________
2.2.2. Oʻlchov asboblarining holati _________________________________________________________
2.2.3. Yerga ulash qurilmalarining holati _____________________________________________________
2.2.4. Elektr xonalar va ularda oʻrnatilgan elektr qurilmalarning EQTQ talablariga muvofiqligi _____________________________________________________________________________________
2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati _____________________________________________
2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-sozlash apparaturasi va elektr yoritgichlarning texnik holati _____________________________________________________________________________________
2.2.7. Kompensatsiya qurilmalari mavjud boʻlsa, ularning texnik holati
2.2.9. Kuch transformatorlari _____________________________________________________________
2.2.10. Hisobga olish sxemasining montaji (hisobga olish priborlarining oʻrnatilishi, oʻlchov transformatorlari va boshqalar)
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalarning ekspluatatsiya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa _______________________________________________________________________
Elektr taʼminoti loyihasiga koʻra hisoblangan quvvat ________ kVt.
Ushbu bilan tasdiqlanmoqdaki, isteʼmolchining elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (elektr taʼminoti korxonasi) elektr tarmoqlariga ulanishi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan.
Tomonlarning imzolari:
HETKdan
____________________
____________________
(imzo)
(sana)
Byurodan
____________________
____________________
(imzo)
(sana)
20___ yil “___”_________ dagi ___-son isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bayonnomasi asosida:
“Oʻzenergoinspeksiya”dan
____________________
____________________
(imzo)
(sana)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotidan
_________________________(imzo)
________________________ (sana)
Isteʼmolchidan
________________________(imzo)
_________________________ (sana)
Izoh:
1. “Oʻzenergoinspeksiya” isteʼmolchilarning quvvati 20 kVt dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini ulashda mazkur Dalolatnomani rasmiylashtirish va imzolashda ishtirok etadi.
2. Subisteʼmolchilar elektr qurilmalarini isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulash mazkur Dalolatnomada nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi”;
“4. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida binoning arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi oʻrinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmogʻiga ulash toʻgʻrisidagi dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
5. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) Issiqlik taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda issiqlik taʼminoti korxonasi deb ataladi) huzuridagi issiqlik tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ulush xizmatlarini koʻrsatish xizmati:
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
issiqlik taʼminoti loyihasini texnik shartlarga muvofiqlik yuzasidan koʻrib chiqadi;
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
b) loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda);
v) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi) isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydi”;
6-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 261-band qoʻshilsin:
“261. Agar soʻrovnoma tushgan kundan boshlab, mazkur Reglamentning 22-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng issiqlik taʼminoti korxonasi issiqlik taʼminoti loyihasini kelishmasa, issiqlik taʼminoti loyihasi kelishilgan deb hisoblanadi.
Bunda Davlat xizmatlari markazi tomonidan zudlik bilan issiqlik taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish va kelishish toʻgʻrisida bildirishnoma beriladi”;
4-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-§. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash tartibi”
“Issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini joyiga chiqqan holda texnik koʻrikdan oʻtkazish haqidagi bildirishnoma avtomatik ravishda “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuboriladi”;
“29. “Oʻzenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi”;
Quyidagi mazmundagi 291-band qoʻshilsin:
“291. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bayonnomasi (keyingi oʻrinlarda Bayonnoma deb ataladi) tuzilib, unda isteʼmolchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) toʻgʻrisida yozuv qayd etiladi”;
“30. Isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalarini montaj qilishda aniqlangan kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, issiqlik energiyasi qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi bildirishnoma “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tegishli tashkilotlar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboradi.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari mavjud qoidabuzarliklarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega boʻlgan muddat “Oʻzenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng ushbu tashkilotlar “Oʻzenergoinspeksiya”ga issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini qaytadan koʻrikdan oʻtkazish uchun joylarga chiqish toʻgʻrisidagi bildirishnomani YIDXP orqali yuboradi.
“Oʻzenergoinspeksiya” issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini bildirishnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolash imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani qayta koʻrib chiqishda, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnomani imzolashni rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval keltirilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
31. “Oʻzenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan soʻng isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolashga tayyorligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani issiqlik taʼminoti korxonasi, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, isteʼmolchiga (elektron koʻrinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi”;
“32. Issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish “Oʻzenergoinspeksiya”ni isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin amalga oshiriladi.”;
36-banddagi “ikki “ soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
“37. Issiqlik taʼminoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Bir vaqtning oʻzida issiqlik taʼminoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini “Oʻzenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YIDXP orqali kelishadi.
Dalolatnomani imzolashning kelishilgan sanasi issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan kundan kechikmasdan imzolanadi.
Agar Reglamentning ushbu bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng Dalolatnomani qayd etilgan tomonlar imzolamasa, Dalolatnoma kelishilgan deb hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi 371-band qoʻshilsin:
“371. Dalolatnoma mazkur Reglamentning 37-bandida koʻrsatilgan tomonlar uni imzolagach, issiqlik taʼminoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi”;
43-banddagi “issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish va” soʻzlari “isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandda ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ilovadagi V. “Issiqlik energiyasini hisobga olish asbobini muhrlash, issiqlik taʼminoti va issiqlikni berish shartnomasini tuzish” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar qoʻshilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Isteʼmolchilar issiqlik qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish BAYoNNOMASI
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlarining tomonidan, YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ ___-son soʻrovnoma maʼlumotlariga muvofiq tuzildi.
Isteʼmolchi tashkilot vak�li (yuridik shaxslar uchun)
______________________ (lavozimi)
_______________(F.I.O.)
yoki issiqlik qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili
_____________________ (F.I.O.)
ishtirokida mansabdor shaxs _____________________________________________________________
(hududiy boʻlim nomi, lavozimi)
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqadi va issiqlik qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.
1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan issiqlik qurilmalar:_____________________
1.2.4. Issiqlikdan foydalanish qurilmasi, issiqlik tarmogʻi, taqsimlash punkti (MTP, ShTP), texnik va mualliflik nazorati egasining “___”_____________ _____ y.dagi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng foydalanishga ruxsat beriladi:
1.2.5. Issiqlik isteʼmolining ichki tizimi qabul qilish dalolatnomasi bilan taqdim etiladi:
isitish, “______” _________ ____y.dagi ; IST “______” _________ ____y.dagi;
shamollatish “______” ___________ ______y.dagi;
texnologik ehtiyoj “______” _________ ____y.dagi
1.2.6. Issiqlik qurilmasi ulangan issiqli tarmogʻi tashkilotining 20__ y. “____” _____dagi maʼlumotnomasi _______________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
2. Issiqlik qurilmasini koʻrib chiqishda va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi:
2.1. Issiqlik qurilmani ekspluatatsiya qilishni tashkil etish:
2.1.1. Issiqlik qurilmasi ekspluatatsiya qilish ____________________________________ _____________________________________________________________ tomonidan amalga oshiriladi.
(isteʼmolchi tashkilotning yoki issiqlik qurilmasi egasining n�mi (kerakligining tagiga chizing))
2.1.2. Issiqlik xoʻjaligi uchun javobgar shaxs ________________________________________________
20 ____ y. “____”_________dagi ____- son buyruq bilan tayinlangan.
20____ y. “____”________dagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda TEQQ va HTQ bilimlar tekshiruvidan oʻtgan, jurnaldagi _____________________ — son yozuvi.
2.1.3. Issiqlik texnik xodimlarining soni va malakasi boʻyicha muvofiqligi _____________________________________________________________________________________
2.1.4. Issiqlik qurilmasining pasportlari___________________________________________________
2.2. Issiqlik qurilmalarining texnik holati (TEQQ va TQ ga muvofiqligi)
2.2.1. Issiqlik tarmoqlari________________________________________________________________
2.2.2. Issiqlik punktlari ________________________________________________________________
Issiqlik taʼminoti loyihasiga muvofiq hisoblangan quvvat ____ kVt.
Quyidagi bilan tasdiqlanadiki, isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmasi va issiqlik tarmogʻining issiqlik taʼminoti korxonasining issiqlik (bugʻ) tarmogʻiga ulash qonunchilikka muvofiq bajarilgan.
Tomonlarning imzolari:
issiqlik taʼminoti korxonasidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Oʻzenergoinspeksiyadan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Arizachidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Izoh: Subisteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini issiqlik tarmoqlariga ulash dalolatnomasi, mazkur Dalolatnoma talablari asosida rasmiylashtiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 10-modda):
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda yoki elektr qurilmalar mulkdori almashganda isteʼmol qilinadigan quvvat va (yoki) elektr taʼminotining ishonchlilik toifasi oʻzgarmasa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va isteʼmolchi — elektr qurilmalarining huquqiy vorisi oʻrtasida elektr taʼminoti shartnomasi ommaviy aferta asosida elektr taʼminoti shartnomasini kelishish (qabul qilish) va uni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali yangi mulkdor tomonidan tasdiqlash yoʻli bilan tuziladi”;
“32. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va ularga kuchlanish berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Isteʼmolchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari yagona elektr energetika tizimi elektr tarmoqlariga ularning ekspluatatsiya qilishga tayyorligi aniqlanmasdan va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolanmasdan ulanganligi aniqlanganda, ushbu elektr qurilmalar qoidabuzarliklar bartaraf etilgunicha va mazkur buzilishlarga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilgunicha elektr tarmoqlaridan darhol uziladi.
33. Isteʼmolchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan ularning ekspluatatsiya qilishga tayyorligi aniqlangani, tekshirilgan sxemalar va hisobga olish priborlari plombalangandan keyin, shuningdek, elektr taʼminoti shartnomasi tuzilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Isteʼmolchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda “Oʻzenergoinspeksiya”ning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga qonun hujjatlarida bilan belgilangan tartibda ulanadi.
34. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydigan “Oʻzenergoinspeksiya” va uning hududiy boʻlimlari, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning normal ishlashi uchun javobgar boʻlmaydi”;
“1601. Mazkur Qoidalarning 70, 117, 118, 130, 154 — 159-bandlarida nazarda tutilmagan sabablarga koʻra elektr energiyasidan oʻchirganlik uchun HETKka nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy choralar qoʻllaniladi”;