Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining
“a” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq 2019-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.