Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-1/515-1-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida”gi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-Sh/KQ-15-Sh-sonli Qoʻshma qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda; 2016-yil № 5, 150-modda) 29-bandi
uchinchi xatboshisi “Xalqaro press-klub” nodavlat notijorat tashkiloti” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi”, “Yuksalish umummilliy harakati”, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Maʼrifat” targibotchilari jamiyati” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.