toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2190-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2190, 2011-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi yigirma ikkinchi xatboshisidan “tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyun,
75-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2190-1/3352-son)