Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son
qaroriga muvofiq hamda respublika oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tizimini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
11 va
12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oliy taʼlim muassasalariga umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga muvofiq boʻlgan maʼlumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
12. Xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasiga koʻra qabul qilinadi.
Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi asosida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida tegishli buyruq chiqaradilar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.