Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda maʼnaviy va jismoniy sogʻlom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 33-son, 679-modda)
3-bandidagi va 7-bandning
uchinchi xatboshisidagi “2019/2020 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.