1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral oʻgʻitlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2019-yildan boshlab sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari tuprogʻini, har yili umumiy maydonning kamida 20 foizi hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi boʻyicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va ular asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarida qoʻllanadigan organik va mineral oʻgʻitlarning yillik meʼyorlariga tegishli tuzatishlar kiritish, shuningdek, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha elektron kartogrammalarni tuzish, agrokimyoviy maʼlumotlar bazasini zamonaviy geografik axborot tizimi texnologiyalaridan keng foydalangan holda yaratish, ularning davriy oʻzgarishlarini tahlil qilib borish;
dala sharoitida tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olib, ularning tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdorini tahlil qilish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdori koʻrsatilgan guvohnomalar bilan taʼminlash;
suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalarni tashkil etish;
har yili oʻrganilgan viloyatlarning (tumanlar) sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha tegishli xulosa va tavsiyalarni tayyorlash hamda mahalliy hokimliklarga mineral va organik oʻgʻitlardan toʻgʻri va oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining takliflari asosida sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining har yili kamida 20 foizida tuproqning agrokimyoviy tahlillarini olib borish hamda agrokimyoviy kartogrammalar ishlab chiqish xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish imkonini beruvchi maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalar tashkil etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining “Tuproq bonitirovkasi” shuʼba korxonasi negizida “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlasin hamda uning faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda:
har yili mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish balansini shakllantirishda tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik holati va ilmiy asoslangan ehtiyoji inobatga olinishi;
ilmiy asoslangan ehtiyojga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun ajratilgan mineral oʻgʻitlar tabaqalashtirilgan holda joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish, turli qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zamonaviy smart (aqlli) oʻgʻitlash tizimini yaratish, agrokimyoviy uslubiy koʻrsatmalarni takomillashtirish, xorijiy davlatlarning mineral oʻgʻitlarni samarali qoʻllash texnologiyalari va tajribalarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ilmiy-texnik davlat granti loyihalarini moliyalashtirib borish vazifasi yuklansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida oʻtkazilgan tuproqning agrokimyoviy tahlillari natijalari, shuningdek, tuproq unumdorligi pasayishiga yoʻl qoʻygan yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga doimiy ravishda tahliliy maʼlumotlar kiritib borsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyun,
510-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qaroriga 1-ILOVA
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligi ekin yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
agrokimyoviy tahlil — tuproq tarkibidagi oʻsimlik uchun zarur ozuqa elementlarining harakatchan shakllari (harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy) va gumus miqdorini aniqlash;
agrokimyoviy kartogramma — tuproqdagi oʻsimlik oʻzlashtira oladigan ozuqa elementlari — harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy va gumus bilan taʼminlanganlik darajasini koʻrsatib beradigan, ranglar bilan ajratiladigan kartogramma;
tuproqning agrokimyoviy tahlili davriyligi — navbatdagi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish oraligʻigacha boʻlgan davr;
aralash namuna — oddiy maydonchaning bir necha nuqtalaridan olingan alohida tuproq namunalarining aralashmasi;
oddiy maydoncha — bitta aralash namuna bilan tavsiflanadigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydoni;
yer uchastkasi — davlat yer kadastri hujjatlarida aniq chegaraga ega boʻlgan maydon, joylashgan oʻrni, huquqiy maqomi va boshqa tavsiflari koʻrsatilgan yer fondining qismi;
gumus — tuproqning oʻsimlik va hayvonot qoldiqlari asosida kechadigan biokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil boʻladigan murakkab tarkibli oʻziga xos organik qismi;
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari — sugʻorma dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar;
tuproq — suv, havo, organizmlar va inson faoliyatining birgalikdagi taʼsirida litosferaning yuza qatlamida yuzaga keladigan, genetik jihatdan bogʻliq qatlamlardan (tuproq profilini shakllantirishdan) iborat jonli va jonsiz tabiatga xos bir qator xususiyatlarga ega boʻlgan maxsus tabiiy mahsulot;
tuproq tahlili — tuproq tarkibidagi gumus va ozuqa elementlari miqdorini aniqlashning kimyoviy usullari.
2. Tuproqning agrokimyoviy tahlili maʼlumotlari va shu asosda tuzilgan agrokimyoviy kartogrammalar sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida mineral va organik oʻgʻitlardan tuproqning gumus va ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olib, tabaqalashtirgan holda foydalanish uchun asos boʻladi.
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalaridan quyidagilarda foydalaniladi:
tavsiyalar va ilmiy asoslangan oʻgʻitlash tizimini ishlab chiqish;
ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish;
yer fondidan joriy va koʻp yillik foydalanishni rejalashtirish.
3. Tuproqning agrokimyoviy tahlili huquqiy holati tegishli hujjat (vakolatli organning qarori) asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastri daftarida tegishli yozuv bilan qayd etilgan barcha sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida oʻtkaziladi.
4. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda ilmiy-uslubiy rahbarlik “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshiriladi.
8. Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdori davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlanadi.
Tuproqning agrokimyoviy tahlili sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har besh yilda va davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har ikki yilda oʻtkaziladi. Yerdan foydalanuvchilarning talabiga koʻra, tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddati qisqartirilishi mumkin.
3-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
9. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi (“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlari) “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan ushbu ishlarni oʻtkazish uchun tegishli shartnomani tayyorlaydi va tasdiqlash uchun buyurtmachiga taqdim etadi.
10. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
11. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasida har yili bajariladigan ishlarning yer turlari boʻyicha hajmi, kimyoviy tahlil qilinadigan tuproq namunalarining soni, ularni bajarish uslublari belgilangan holda koʻrsatiladi. Maʼmuriy tumanlar boʻyicha ishlarni bajarish navbati aniqlanadi. Maʼmuriy tumanlar tuproqlarining agrokimyoviy tahlili bir dala mavsumida bajarilishi lozim.
12. Tahlillar oʻtkazilishi rejalashtirilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproq maydonlari ushbu ishlarni bajarish rejalashtirilgan yildan oldingi yil 1-yanvar holatidagi yer hisoboti boʻyicha aniqlanadi.
13. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun ekspeditsiya dala guruhlari tashkil qilinadi, guruh tarkibi va mutaxassislar soni bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
14. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tashkilot rahbari bajariladigan ishlarni rejalashtirish, tashkil etish, ish sifati va shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilish boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
4-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha dala ishlarini tashkil qilish
15. Dala ishlarini bajarishga kirishish arafasida mutaxassislar kerakli anjomlar, asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi.
16. Mutaxassis tumanga kelgandan soʻng oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalarni qoʻllash, agrotexnik tadbirlar, oʻtkazilgan meliorativ ishlar, oxirgi 3-5 yilda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi toʻgʻrisidagi va boshqa kerakli maʼlumotlarni yigʻadi.
17. Tuproqshunos-agrokimyogar pasportlashtiriladigan uchastkalar (alohida ishlov beriluvchi yoki ish maydonlari) sxemasini tuzadi.
18. Birlashtirilgan tuproq namunalari ekinlarning butun vegetatsiya davrida olinadi.
19. Faqat organik oʻgʻitlar qoʻllaniladigan dalalardan birlashtirilgan tuproq namunalari ekinlarning butun vegetatsiya davrida olinadi.
20. “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli tashkilotlari tomonidan tayyorlangan qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish tarhi, tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda, yer uchastkasi konturlari chegarasi va ishchi maydonchalar chegaralarini tushirishda asos boʻlib xizmat qiladi.
22. Birlashtirilgan tuproq namunalari oddiy maydonchadan olinadi. Har bir oddiy maydonchadan bitta birlashtirilgan tuproq namunasi olinadi.
23. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish tuproqning xilma-xilligi va relyefining joylashuviga muvofiq tanlanadi. Bunda, sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida oddiy maydoncha kattaligi 5 gektarni tashkil qiladi.
24. Mevali bogʻ va uzumzorlar kvartallarga boʻlingandan keyin har bir kvartal oddiy maydoncha hisoblanadi. Odatda, kvartal kattaligi 4,5 — 5 gektarni tashkil etadi.
25. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazishda tuproqning unumdorlik va agrokimyoviy koʻrsatkichlarini belgilovchi tarkibi quyidagilardan iborat:
a) chirindi (gumus);
b) harakatchan fosfor;
v) almashuvchan kaliy.
26. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari boʻyicha agrokimyoviy kartogrammalar ishlab chiqiladi.
27. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari xoʻjalik, tuman, viloyat va respublika miqyosida umumlashtiriladi.
6-bob. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar tuzish
28. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijasida aniqlangan barcha koʻrsatkichlar boʻyicha xoʻjalikning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar tayyorlanadi.
29. Mualliflik kartogrammasining asl nusxasi (originali) xoʻjalikda dala masshtabida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazgan mutaxassislar tomonidan tuziladi.
30. Oddiy maydonchalar tuproqning agrokimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha amaldagi agrokimyoviy guruhlash gradatsiyalarini eʼtiborga olgan holda ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik guruhlariga birlashtiriladi. Gradatsiyalarni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Viloyat va tumanlarning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun agrokimyoviy kartogrammalar va dala pasportlarini tuzishda foydalaniladigan barcha materiallarning bir nusxasi tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun tayinlangan tashkilotlarning arxivida saqlanadi.
32. Tuproqning umumlashtirilgan agrokimyoviy tavsifi koʻrsatkichlari turli usullar: oʻsimliklar ozuqa elementlari miqdorining oʻrtacha qiymatini aniqlash yoʻli bilan yoki aniqlanadigan elementlarning miqdorlari boʻyicha farq qiladigan maydonlar nisbatini aniqlash yoʻli bilan belgilanadi.
Oʻsimliklar ozuqa elementlari miqdorining oʻrtacha qiymatini aniqlash yoʻli quyidagicha amalga oshiriladi: alohida xoʻjaliklarning agrokimyoviy kartogrammalari va analitik vedomostlari asosida fermer xoʻjaligi yoki massiv hududi uchun aniqlanadigan koʻrsatkichlarning oʻrtacha qiymatini hisoblash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bunda a1 ....an — ozuqa elementlari miqdori boʻyicha tegishli guruhga kiruvchi tuproq maydoni yoki ushbu maydonning tadqiq qilingan umumiy maydondan foizdagi ulushi
x1....xn — har bir guruhdagi koʻrsatkichlarning oʻrtacha qiymati.
Tuproqdagi ozuqa elementlari miqdori bilan farqlanuvchi maydonlar nisbatlarini aniqlashda qishloq xoʻjaligi yer maydonlari turli nisbatlarga ega 5-6 ta guruhga ajratiladi.
7-bob. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini yakuniy vedomostini tuzish
33. Tuproqning agrokimyoviy tahlili koʻrsatkichlarining turli parametrlari boʻyicha maydonlar taqsimlanishining yakuniy vedomosti maydonlar hisoblanishi nazarda tutilgan barcha yer turlari boʻyicha fermer xoʻjaliklari va massivlar uchun tuziladi.
34. Hisob-kitoblar natijalari agrokimyoviy kartogrammaning eksplikatsiyasiga va ozuqa elementlari miqdorlarini saqlovchi maydonlar toʻgʻrisidagi hisobotlar yakuniy vedomostga yoziladi. Bu vedomostlar tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha tushuntirish xatlarida keltiriladi.
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchi tashkilotlarda tahlil natijalarini tizimlashtirish maqsadida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari kartotekasi tuziladi.
35. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari kartochkasi kartotekaning asosini tashkil etadi. Kartotekalar maʼmuriy tumanlar boʻyicha guruhlanadi.
36. Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va uning tuman boʻlimlariga, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlariga yuk xatlari orqali topshiriladi.
37. Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni koʻrib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining oʻrinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshliqlari (rais oʻrinbosari), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshliqlari kiritiladi.
38. Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida koʻrib chiqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi.
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I-bosqich
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (buyurtmachi)
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish rejalarini tuzadi;
har yili yanvar oyida
tuman hokimliklarini tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasidan xabardor qiladi;
har yili yanvar oyida
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqadi, bajaruvchi bilan shartnoma tuzadi;
har yili I chorakda
(ish bajarishdan oldin)
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi;
har yili I chorakda
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddatini hamda nazorat qilish tizimini belgilaydi;
har yili yanvar-fevral oylarida tayyor boʻlishiga koʻra
tuproqning agrokimyoviy tahlili yakuniy maʼlumotlarini qabul qiladi, koʻrib chiqadi va uning natijalarini yer kadastri hujjatlariga kiritilishini taʼminlaydi.
II-bosqich
Tuman hokimliklari
Tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli f�rmoyishni qabul qiladi;
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallarni tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchisiga taqdim etadi.
tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlari bajarilishi toʻgʻrisida xabarnoma olingandan soʻng 3 kun muddatda
III-bosqich
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi)
Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdorini davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlaydi.
davriy ravishda
Tuproqning agrokimyoviy tahlili:
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har besh yilda;
har besh yilda
davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har ikki yilda oʻtkaziladi.
har ikki yilda
IV-bosqich
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi)
Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va uning tuman boʻlimlariga, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlariga yuk xatlari orqali topshiriladi.
Shartnomada koʻrsatilgan muddatda
V-bosqich
Tuman hokimligi, tuman ishchi komissiyasi
Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni koʻrib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining oʻrinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshliqlari (rais oʻrinbosari), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshliqlari kiritiladi.
Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida koʻrib �iqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi.
Yakuniy maʼlumotlar topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qaroriga 2-ILOVA
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
Masʼullar
Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tadqiqot ishlarini takomillashtirish
1.
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish hamda kartogrammalarini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish.
2019-yil
iyul
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Namangan viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.
2019-yil
iyul ― dekabr
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari
3.
Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.
2020-yil
yanvar ― dekabr
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari
4.
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.
2021-yil
yanvar ― dekabr
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari
5.
Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.
2022-yil
yanvar ― dekabr
“Davyergeodezkadastr” qoʻ�itasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari
6.
Toshkent va Samarqand viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish.
2023-yil
yanvar ― dekabr
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish
7.
Eksportga chiqariladigan barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (meva, sabzavot, poliz va boshqalar) tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari boʻyicha tahlil xulosalarini olish maqsadida laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish.
2019-yil
iyul-avgust
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ
8.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash maqsadida dala sharoitida namunalar olib, laboratoriya tahlillari asosida xulosalar berish tizimini joriy etish.
2019-yil
sentyabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzstandart” agentligi
9.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining pishib yetilishi davrida omborga kiritishdan, savdoga chiqarishdan va qayta ishlashdan oldin mahsulotlar tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.
doimiy
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ, fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ hosildorligini belgilash
10.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini normativ hosildorligini amaldagi tartibga asosan tuproqlar oʻrtacha bonitet bali bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yigʻindisi sifatida hisoblab chiqish.
har yili
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r hokimliklari