toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.1993
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
AHOLINING OʻZBEKISTON JAMGʻARMALAR BANKI MUASSASALARIDA SAQLANAYOTGAN OMONATLARI BOʻYIChA FOIZ STAVKALARINI OShIRISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-yanvardagi 36-sonli “Aholining Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha yangi foiz stavkalarini tasdiqlash haqida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan..
Narxlarning erkinlashtirilishi munosabati bilan aholi jamgʻarmalarining oʻz qiymatini yoʻqotishdan muhofaza qilish va aholi pul mablagʻlarini qoʻshimcha ravishda jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholining Oʻzbekiston davlat-tijorat jamgʻarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari boʻyicha foiz stavkalari quyidagi miqdorlarda oshirilsin:
— yoʻqlab olinadigan omonatlar boʻyicha — 2 foizdan 3 foizgacha;
— saqlanish muddati belgilangan quyidagi muddatli omonatlar boʻyicha:
1 yildan 3 yilgacha — 5 foizdan 7 foizgacha;
3 yildan 5 yilgacha —7 foizdan 10 foizgacha;
5 yildan koʻp boʻlganda — 9 foizdan 15 foizgacha.
Shu bilan bir vaqtda:
yoshlar—mukofot omonatlariga — 5 foizdan 7 foizgacha;
maqsadli bolalar va toʻplanadigan omonatlarga — 9 foizdan 15 foizgacha oshirilsin.
2. Aholining omonatlari boʻyicha foiz stavkalarini oshirishning asosiy manbalari etib aholi omonatlarining Oʻzbekiston davlat banki va tijorat banklaridagi kredit resurslar sifatida joylashtirilishi hisobiga paydo boʻladigan jamgʻarmalar banki muassasalarining daromadlari hisoblansin.
3. Yangi foiz stavkalarini joriy etish Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-may,
223-son