Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi A.A. Fattaxov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-iyun,
494-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qaroriga ILOVA
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit (keyingi oʻrinlarda texnologik audit deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganish nazarda tutilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
inventarizatsiya pasporti — texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida (inventar raqami, turi, markasi, seriyasi, ishga tushirilgan yili, foydalanish maqsadi va boshqalar) ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyekti — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish inshootlari hamda ulardagi asbob-uskunalar va jihozlarni qamrab olgan yirik (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) va kichik (sutkasiga 5 ming m3 gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) turdagi obyekt.
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (ekspluatatsiya tashkilotlari) — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
texnologik audit — markazlashtirilgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholash uchun olib boriladigan maxsus tadqiqot;
texnologik audit obyektlari — ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita foydalaniladigan inshootlar, asbob-uskunalar va jihozlar;
texnologik audit oʻtkazuvchi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari;
texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya pasporti — texnologik audit oʻtkazish uchun texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar aks ettirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat;
texnologik audit pasporti — texnologik auditni oʻtkazuvchi tomonidan texnologik audit yakuniga koʻra rasmiylashtiriladigan hujjat;
texnologik audit yakunlari boʻyicha hisobot — texnologik audit yakunlari boʻyicha texnologik audit obyektlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar hamda ularda amalga oshirilishi talab etiladigan tadbirlar boʻyicha xulosalarni qamrab olgan holda rasmiylashtirilgan hujjat.
4. Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil boʻlgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda bepul texnologik audit oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlariga asosan hamda ekspluatatsiya tashkilotlarining tashabbusi bilan navbatdan tashqari texnologik audit oʻtkazilishi mumkin.
6. Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib davlat tasarrufidagi ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari hisoblangan ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit, faqat ushbu tadbirkorlik subyektlarning tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda texnologik audit oʻtkazuvchi bilan kelishgan holda oʻtkaziladi.
7. Ekspluatatsiya tashkilotlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilashda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan oʻtkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
8. Texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasi texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotlarining kelishuvlariga asosan belgilanadi.
9. Ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar boʻyicha ushbu Nizomga2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazilishidan 20 kun avval tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
10. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan tasdiqlangan inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasidan 10 kun avval texnologik auditdan oʻtkazuvchiga taqdim etilishi shart.
3-bob. Texnologik audit oʻtkazish tartibi
11. Texnologik audit quyidagi usullarda oʻtkaziladi:
a) texnologik audit obyektlari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq inventarizatsiya pasportiga asosan texnologik audit obyektlarining mavjudligini koʻzdan kechirish;
b) texnologik audit obyektlarining sertifikatlari, ishlatish qoʻllanmalari mavjudligi va kadastr hujjatlariga toʻgʻri kelishi hamda standart talablariga javob berishini oʻrganish;
v) texnologik audit obyektlari foydalanish qoʻllanmalariga asosan foydalanilayotganligini hamda foydalanishda xavfsizlik qoidalari oʻrnatilganligini va ularga amal qilinishini oʻrganish;
g) ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini aniqlash;
e) texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishni iqtisodiy tomondan samarasini aniqlash.
12. Texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotining masʼul xodimi, shuningdek, zaruratga koʻra, audit oʻtkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida texnologik audit oʻtkaziladi va audit oʻtkazish jarayonida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga koʻra texnologik audit pasporti toʻldirilib, texnologik audit yakunida ushbu Nizomga 4-ilovaga koʻra texnologik audit hisoboti rasmiylashtiriladi.
texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishning iqtisodiy tomondan samarasi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
14. Texnologik audit oʻtkazilgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etiladigan xulosalarda:
tezkor muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi (amaldagi quvvatga nisbatan) eng kamida 20 foizga ortishi mumkin boʻlgan;
uzoq muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi 90-100 foizga (loyihaviy quvvatga teng yoki 10 foizga past) yetishi mumkin boʻlgan;
doimiy — texnologik audit yakuniga yetganidan soʻng doimiy ravishda amalga oshirib borilishi natijasida inshoot samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarning oldini olishi mumkin boʻlgan tadbirlar koʻrsatiladi.
4-bob. Texnologik audit natijalarini umumlashtirish va taqdim qilish tartibi
15. Texnologik auditdan oʻtkazuvchi tomonidan oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlar (inshootlarning inventarizatsiya pasportlari, texnologik audit pasportlari, hisobotlar va boshqa tegishli hujjatlar) texnologik audit natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi oʻrinlardan Davsuvinspeksiya deb ataladi) va ekspluatatsiya tashkilotlariga taqdim etiladi.
16. Davsuvinspeksiya tomonidan texnologik audit natijalari boʻyicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda oʻrganib chiqilib, texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etiladi.
17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq taqdim etilgan takliflar asosida ular taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda vazirlik tomonidan aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosini nazorat qilish uchun Davsuvinspeksiyaga kiritiladi.
ekspluatatsiya tashkilotlarining talabiga asosan ularning texnologik auditdan oʻtkazilgan obyektlari boʻyicha berilgan xulosalarning asoslanishini va bu boradagi qonun hujjatlari talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
20. Ushbu Nizomning 15-bandiga asosan Davsuvinspeksiyaga taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishning imkoni yoʻqligi, ulardagi noaniqliklar va ularni rasmiylashtirishga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi hamda texnologik audit natijasida berilgan xulosalar notoʻgʻri va amaliyotga toʻgʻri kelmasligi oʻtkazilgan texnologik auditni sifatsiz deb topishga asos boʻladi.
21. Texnologik audit sifatli va ushbu Nizomga amal qilgan holda, belgilangan muddatlarda oʻtkazilishiga, shuningdek, audit yakunlariga asosan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha berilgan xulosalarning toʻgʻri rasmiylashtirilishiga hamda ularning natijadorligiga texnologik audit oʻtkazuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
22. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida texnologik audit obyektlariga yetkazilgan zararlar va ushbu jarayonda maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilish natijasida ekspluatatsiya tashkilotlariga yetkazilgan zarar uchun texnologik audit oʻtkazuvchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
__________________________________________________________________________ (texnologik audit oʻtkazilgan obyekt nomi va joylashgan hudud) oʻtkazilgan texnologik audit yakunlari boʻyicha HISOBOT
________________________ (hudud nomi)
____ yil “____” _______________
I. Texnologik audit oʻtkazishga asos ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
II. Obyekt boʻyicha umumiy maʼlumot Manzil: ____________________________________________________________________________________
Telefon: ____________, e-mail: _______________, ishga tushirilgan sana ____ yil “____” _________________ Yuqori turuvchi yoki boshqaruvchi tashkilot: ________________________________________________________ Foydalanish maqsadi: _________________________________________________________________________ III. Oʻrganilgan audit obyektlari
Obyektdagi inshootlar, texnika, asbob va uskunalarning barchasi inventarizatsiya pasporti asosida oʻrganib chiqildi. 1. Yer osti quduqlari:
________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, yer osti quduqlari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
2. Yer usti suv olish nuqtalari (gidropostlar):
________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, suv olish nuqtalari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
3. Tindirgichlar:
_________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, tindirgichlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
4. Filtrlar:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, filtrlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
5. Laboratoriya:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
6. Oʻlchov vositalari:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, oʻlchov vositalar soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
7. Quvurlar (inshoot ichki):
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha quvurlar uzunligi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
8. Elektr jihozlari:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, elektr jihozlari soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
9. Nasoslar:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha nasoslar soni, turi, hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
10. Kompressorlar:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, kompressorlar soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
11. Suv minoralari:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha minoralar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
12. Boshqalar:
_____________________________________________________________________________________________ (audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)
IV. Asosiy maqsadi boʻyicha quvvati
1. Loyihaviy quvvati (barcha amalga oshirilgan rekonstruksiyalarni inobatga olgan holda) yiliga ______________ ming m3. 2. 20____ yilda amalda manbadan ichimlik suv ishlab chiqarish uchun olingan suv miqdori________ ming m3, ishlab chiqarilgan suv miqdori__________ ming m3 tashkil etgan.
V. Texnologik audit natijasida mutaxassislar xulosalari
1. Inshoot boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 2. Yer osti quduqlari boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 3. Ichimlik suv belgilangan sifatda ishlab chiqarilishi yuzasidan laboratoriya holati boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 4. Laboratoriya, nasoslar, oʻlchov vositalari, jihozlar, filtrlar, tindirgichlar, kompressorlarning standartlarga mosligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 5. Filtrlar, tindirgichlar, minoralar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa inshootlar, ularning xavfsizligi, qurilish meʼyorlariga amal qilinganligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 6. Elektr jihozlari va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etayotgan elektr tarmoqlari, ularning oʻlchash vositalari, aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________
VI. Inshoot samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar
1. Tezkor muddatli: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 2. Uzoq muddatli: _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 3. Doimiy _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ 4. Texnologik audit obyektlarida: Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinadigan obyektlar _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinmaydigan obyektlar _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ Rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi iqtisodiy tomondan samarasiz boʻlgan obyektlar _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________________
Texnologik auditdan oʻtkazuvchilar:
(imzo)
F.I.O.
(imzo)
F.I.O.
Sana:
Tanishdim:
Suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari