Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi madaniyat xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxatining “Toshkent shahri”
boʻlimiga “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda) 4-ilovaning rus tilidagi “Primechaniye”
matnidagi “Gosudarstvennoy filarmonii Uzbekistana” soʻzlaridan keyin “i Sentralny ansambl pesni i tansa Voorujennx Sil Respubliki Uzbekistan,” soʻzlari qoʻshilsin.