1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-iyunda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 865-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 1999-yil 24-dekabrda va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 22-dekabrda tasdiqlangan Ayollar mehnati toʻliq yoki qisman qoʻllanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxati (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi..
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
22-2019-k/k-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
79-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV