Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 10-bandning
“b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial idoralar va notarial arxivlar faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan (seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish) chora-tadbirlarga;”.
2.
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar notarial idoralarda yoki idoraviy notarial arxivlarda uch oydan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan taqdirda oʻrnatiladi.”.
“Xodimga bir yilda haqiqatda toʻlanadigan moddiy yordamning cheklangan miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshmasligi lozim (ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).”.