Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligI
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 31-iyuldagi 116, 141, 2017-38-son qarori (roʻyxat raqami 2924, 2017-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 942-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-bandning
uchinchi xatboshisidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
Ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.