Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim mutaxassisliklari
roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. “Oliy maʼlumotli kadrlarni oʻqitish” boʻlimi quyidagi mazmundagi 71 band bilan toʻldirilsin:
2. “Kasbiy tayyorgarlik fakultetida kadrlarni oʻqitish” boʻlimi quyidagi mazmundagi 151 band bilan toʻldirilsin: