1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.08 Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4256-son qaroriga asosan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini yanada kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) oʻrtasida 2019-yil 24-martda ustav fondi miqdori 10 million AQSH dollarini tashkil etuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi imzolanganligi va kompaniya investitsiya portfeli shakllanib borishiga muvofiq ustav fondining bosqichma-bosqich 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorga yetkazilishi;
koʻrsatib oʻtilgan kompaniyaning kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasining (BAA) ulushi 75 foizni hamda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi 25 foizni tashkil qilishi, belgilangan tartibda qoʻshimcha ishtirokchilarni jalb qilish mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi, shuningdek uning taʼsischilari daromad soligʻi, shu jumladan dividend va foizlar koʻrinishidagi daromadlar, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan, shuningdek, uning mol-mulki va aktivlarini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan istisno tariqasida 10 yil muddatga ozod qilinadi;
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasining boshqaruv organlarida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori ifodalaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi uch oy muddatda Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasiga yollanib ishlash maqsadida jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda kirish vizalarining rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasiga yollanib ishlash maqsadida jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojini undirmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berishni va uzaytirishni, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-may,
PF-5722-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmonida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-sentabrdagi “Oʻmon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1197-son qarorining rus tilidagi matni 4-bandi birinchi xatboshidagi “na 10 let” soʻzlari “do 1-yanvarya 2030 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.