1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4022-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi;
b) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida:
raqamli hukumat tizimiga oʻtish va uni rivojlantirish ishlarini oʻzaro muvofiqlashtirish — “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan;
raqamli hukumat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, raqamli hukumat loyihalarini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish — Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va elektron resurslarini yaratishga doir loyihalarni amalga oshirish va amaliyotga joriy etish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash — vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
a) operatorga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqi beriladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
b) davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida oʻz maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
v) Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari boʻyicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va hamkorlik qilish huquqi beriladi;
g) operator 2022-yil 1-yanvarga qadar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
operator zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi]
Agentlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qatʼi nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu jumladan import shartnomalari tuzishga haqli.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
5. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-may,
PQ-4321-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 07/19/4321/3148-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)