Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 71-modda):
a) 1-ilovaning
61-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
b) 4-ilovaning
44-bandiga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning
41-bandida:
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;