Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligining 2018-yil 30-oktabrdagi 16/30-son qarori (roʻyxat raqami 3096, 2018-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 49-son, 944-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga oʻqishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
14-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga” soʻzlariga almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.