toggle_night_mode
Hujjat 11.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-5706-son Farmoniga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
2019 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. Quyidagilar saqlab qolinsin:
2019 moliya yilida Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi instituti uchun koʻzda tutilgan moliyalashtirish, shahodatlangan xodimlarga pul taʼminotini toʻlab berish, maxsus unvonga ega boʻlmagan shaxslar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tartibi va hajmi;
Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlari uchun mazkur qaror kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalaridan foydalanish boʻyicha mavjud boʻlgan huquqi.
4. Belgilansinki:
a) 2020-yil 1-yanvardan:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tashkiliy-shtat tuzilmasi joriy etiladi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutidan oʻtkazilgan shahodatlangan xodimlar uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilariga nazarda tutilgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash va pul taʼminoti tartibi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari boʻyicha oylik maosh miqdori, kiyim-kechak bilan taʼminlash hamda tibbiy xizmat koʻrsatish meʼyorlari va tartibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar va pensiya kafolatlari saqlanib qoladi;
professional yongʻin boʻlinmalarining ishchi-xizmatchilari qutqaruvchi maqomiga ega boʻlganidan soʻng, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tartibi koʻllaniladi;
b) 2021-yil 1-yanvardan:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan harbiy unvonlar boʻyicha oylik maoshi miqdori, kiyim-kechak va tibbiy taʼminot tartibi hamda boshqa taʼminot meʼyorlari, xizmat davrini hisoblash, ijtimoiy imtiyozlarni va pensiya kafolatlarini koʻllash joriy etiladi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga pensiya hisoblanganda, ularning harbiy xizmat davriga oldingi xizmat joyi boʻyicha xizmat davri, shuningdek, maxsus ofitser unvonlari berilgan holda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan ofitserlar tarkibi uchun ularning oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi shaklida oʻqigan bir oy oʻqish davri bir oy xizmat davriga tenglashtirilgan holda kiritiladi.
5. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining, shartnomalar tuzish asosida tashkil etiladigan boʻlinmalardan tashqari, moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etilgan boʻlinmalari mazkur tashkilotlar mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berilayotgan hamda yangidan tashkil etilgan tuzilmalar yongʻin xavfsizligi va ushbu sohadagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga qadar amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining xususiyat va maqsadlarini inobatga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash yuzasidan ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
7. Respublika vazirlik va idoralari boʻysunuvidagi obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari bilan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatayotgan yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlasin.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni profilaktika qilish va bartaraf etish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, shu jumladan Yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra berilayotgan tuzilmalarning balansidagi bino, inshootlar va ularga tutash hududlarni, maxsus va boshqa moddiy vositalarni, mulklarni, maxsus va avtomobil texnikalarini, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarma va Yongʻin xavfsizligi instituti xodimlariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalarini, qurol-yaroq va oʻq-dorilarni, safarbarlik zaxirasi omborlarini operativ boshqaruv asosida begʻaraz topshirish-qabul qilishni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalariga berilishiga yoʻl qoʻymagan holda, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarma va Yongʻin xavfsizligi institutining binolari, inshootlari, maxsus va avtomobil texnikalari, uskunalari, asbob-anjomlari va boshqa mol-mulkining saqlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin;
tashkiliy-shtat oʻzgarishlarini amalga oshirish davomida berilayotgan tuzilmalarning doimiy jangovar tayyorgarligi, yuqori darajadagi intizomi va uyushqoqligini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatilayotgan yangi vazifalar mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrsin;
ikki oy muddatda barcha darajadagi ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi harakatlari boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan tuzilmalarni maxsus yongʻin-texnik va tadqiqot uskunalari, aloqa vositalari va maxsus kiyim-bosh bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shuningdek, yongʻin xavfsizligi tuzilmalarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni nazarda tutuvchi avval qabul qilingan kompleks dasturlar ijrosini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil yakuniga qadar, yuklatilgan vazifalarni bajarish xususiyatlari va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, favqulodda vaziyatlar tuzilmalari harbiy xizmatchi va qutqaruvchilari uchun tubdan yangi xizmat va maxsus kiyimlarni, atributikalarni, farqlash belgilarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin;
g) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshida Ixtisoslashtirilgan litseyni tashkil etish, joylashtirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, shaxsiy tarkibini ragʻbatlantirish uchun tushgan mablagʻlarni taqsimlash va maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan roʻyxatga tegishli qoʻshimchalar kiritsin;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
10. Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining xarajatlar smetalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha budjetdan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
PQ-4276-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomini, tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga hisob beradi.
4. Markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, “Xavfsiz daryo” DUK, “Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetalari birlashgan tahririyati” DUK, idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlar, markazlar, xizmatlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
5. Vazirlik faoliyati qonuniylik, birdamlik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish, oshkoralik va shaffoflik, yakkaboshchilik, oʻz vaqtida favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish hamda tezkor harakat qilish tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
6. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlik faoliyati sohasiga taalluqli xalqaro shartnomalari, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
7. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi.
8. Vazirlikning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, shuningdek fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
9. Vazirlik harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda boʻladilar.
Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari (“Xavfsiz daryo” DUK hamda “Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetalari birlashgan tahririyati” DUK xizmatchilaridan tashqari) xizmatni oʻtash, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va maishiy xizmat koʻrsatilishi, shuningdek barcha taʼminot turlari, huquqlar va imtiyozlar masalalarida, shu jumladan, ularning oila aʼzolari ham, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga va blankasiga, bank hisob raqamlari, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamiga ega boʻladi.
11. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qisqarmasi — FVV;
b) rus tilida:
toʻliq — Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan, qisqarmasi — MCHS;
v) ingliz tilida:
toʻliq — Ministry of emergency situations of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MES.
2-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish;
aholi hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi oʻrinlarda — FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini tashkil etish va taʼminlashda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar olib borish;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiy va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻinlarni oʻchirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini taʼminlash;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash;
aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va targʻib qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash, muhandislik-qurilish, oʻrmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish.
13. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ishlatish va qayta tiklashni nazorat qiladi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
yongʻin va avariya-qutqaruv texnikalari va anjomlari, aloqa va xabar berish vositalari boʻyicha davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi, shuningdek, ularni yaratish va respublikada ishlab chiqarishni tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish va bartaraf etish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etadi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi davlat sirlari va xizmat maʼlumotlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
b) favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish sohasida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni taʼminlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar koʻrish, aholining ushbu sohada maʼlumotlarga ega boʻlish darajasini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
avariyalar, halokatlar, yongʻinlar va tabiiy ofatlarning oʻz vaqtida oldini olish va oqibatlarini yumshatishni taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi, shuningdek, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida targʻibot va axborot taʼminotini amalga oshiradi, aholi va tashkilotlar xodimlarini oʻqitadi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini doʻldan muhofaza qilish maqsadida meteorologik jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
v) aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni amalga oshirish sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligi, shuningdek, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablarini belgilab beruvchi texnik reglamentlar, standartlar, meʼyorlar, qoidalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqadi;
potensial xavfli obyektlar va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazoratni tashkil qiladi;
aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini, shuningdek, favqulodda vaziyat sharoitida hayotiy taʼminotni taʼminlovchi tizimlar, iqtisodiyot obyektlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini nazorat qiladi;
aholi punktlari, boshqa obyektlar va hududlarda davlat yongʻin nazoratini, shuningdek, yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlashni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida mahsulot va xizmatlarni litsenziyalashtiradi, ularni sertifikatlashtirishda ishtirok etadi;
yongʻin-texnik mahsulotlar, moddalar, materiallar va jihozlarni yongʻin xavfliligi boʻyicha sinash va tekshirishni tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
radiatsion razvedka jihozlari va shaxsiy himoya vositalarining texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazadi;
yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
obyektlarda, shu jumladan, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda shartnoma asosida belgilangan tartibda yongʻindan saqlashni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari yuritilishini va tergovga qadar tekshiruvlarni amalga oshiradi va tashkillashtiradi;
respublikaning barcha suv akvatoriyalarida odamlarning suvdagi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kichik hajmli kemalar va ularning turargoh bazalaridan toʻgʻri foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi;
favqulodda vaziyat va yongʻinlar sodir boʻlishiga olib kelgan avariyalar, halokatlar, falokatlarning surishtiruvida ishtirok etadi;
shaharsozlik hujjatlari va obyektlar qurilish loyihalarini fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish boʻyicha davlat ekspertizasidan oʻtkazishda ishtirok etadi;
g) aholi hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish sohasida:
aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda oʻz vaqtida kompleks yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining Vazirlik vakolatiga taalluqli murojaatlarini qabul qilishni tashkil etadi va ularni koʻrib chiqadi hamda ushbu masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻradi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda yoki sodir boʻlganda aholiga avtomatlashtirilgan tarzda xabar berish va ogohlantirish tizimi yaratilishini muvofiqlashtiradi va uni boshqaradi;
mahalla (qishloq) fuqarolar yigʻinlarida, odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda, korxonalarda muntazam profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammolarini yechishda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlik olib boradi;
fuqaro muhofazasi va FVDTning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va axborot taʼminoti, aloqa, xabar berish tizimining doimiy shayligini tashkil etadi va taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda yoki sodir boʻlganda barcha aloqa va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda aholiga tezkor xabar beradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va xorijiy tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;
d) FVDT faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini tashkil etish va taʼminlashda ishtirok etish sohasida:
FVDT faoliyatini tashkiliy va ilmiy-texnik taʼminotini amalga oshiradi, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligi tadbirlarini bajaradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik Kengashi apparati va Vazirlar Mahkamasiga FVDT, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligi tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalar tarkibini, joylashuvini va jihozlanishini belgilaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yongʻin xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini tashkil qilishda uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni bartaraf etish hamda tezkor chegaralash ishlarini oʻtkazishga moʻljallangan toʻgʻridan-toʻgʻri va tezkor buysunuvdagi yongʻin-qutqaruv xizmatlari va boʻlinmalarini tashkil etish, tayyorlash va ulardan foydalanishda uslubiy rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash boʻlinmalari, qutqaruv xizmatlari (tuzilmalari), shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisobini yuritadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, qonunchilik talablari asosida tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalar va boʻlinmalarning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
fuqaro muhofazasi uchun qurol-aslahalar, texnika, himoya vositalari va boshqa moddiy-texnik vositalarni davlat buyurtmasi asosida yetkazib berish loyihasini shakllantirishda ishtirok etadi;
aholining radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazasini tashkillashtirish, panagohlar va boshqa fuqaro muhofazasi obyektlarining tayyorgarligini taʼminlash va barpo etish ustidan nazorat olib boradi;
tegishli davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordamini shakllantirish va yetkazib berishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;
e) favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, shuningdek seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:
tabiiy ofatlar va halokatlarni monitoring qilish va prognozlash, seysmik kuzatuvlar tizimini rivojlantirish va ularni faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atrof muhit holatini, potensial xavfli obyektlar va uchastkalar hamda ularga tutash hududlardagi vaziyatning monitoringini olib borishda ishtirok etadi;
tegishli qismda favqulodda vaziyat va yongʻinlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashni taʼminlaydi;
texnogen xavf yuqori boʻlgan hududlarning davlat kadastrini yuritadi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, almashish va yetkazishni taʼminlaydi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning xavf darajasini va ularning moddiy, shu jumladan atrof muhitga zarari miqdorini aniqlash uslublarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
favqulodda vaziyat va yongʻinlar, shuningdek, ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
j) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxiralar fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan idoraviy zaxiralarni yaratish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy-axborot jihatdan taʼminlaydi;
toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yigʻilishining materiallari va boshqaruv hujjatlarini tayyorlaydi, uning qarorlari hamda sel, toshqin, yer va qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlardan aholini koʻchirish, ularga zarur boʻlgan birlamchi hayot faoliyatini taʼminlovchi sharoitlar yaratish boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning halokatlardan jabrlangan yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy jihatdan muhofaza qilish boʻyicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
z) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻinlarni oʻchirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini taʼminlash sohasida:
FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlar ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ularga maslahat, uslubiy va ilmiy koʻmak koʻrsatadi, ularni tekshiruvdan oʻtkazadi;
yirik xalqaro va respublika tadbirlarida FVDT va fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlari va tuzilmalarining kuch va vositalarini oʻrnatilgan tartibda tezkor boshqarishni taʼminlaydi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻinlarni oʻchirish, insonlarni qutqarish ishlarini tashkillashtiradi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
tuzilmalarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga moʻljallangan yongʻin-qutqaruv texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari hamda tezkor boʻysunuvdagi boʻlinmalar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar va yongʻinlar sodir boʻlganda harakatlanishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyat va yongʻinlarni chegaralash va bartaraf etish, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarida garnizon va smena xizmati olib borishni tashkillashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni, shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadi;
oʻta muhim, toifalangan hamda yongʻin va portlash xavfi mavjud iqtisodiyot obyektlari va boshqa hayot faoliyatini taʼminlovchi obyektlarda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarini tashkillashtiradi;
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini birlamchi zaruriy mahsulotlar bilan taʼminlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yongʻinlarni oʻchirishga jalb qilinadigan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy zaxirasini yaratadi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha respublika hududida va xorijda amalga oshirilgan amaliyotlarni tahlil qiladi, qutqaruv ishlarini oʻtkazish va yongʻin oʻchirishni tashkil etish taktikasini yanada takomillashtirish, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini jangovor shayligini oshirish boʻyicha takliflarini ishlab chiqadi;
tasdiqlangan safarbarlik rejasiga asosan harbiy davrda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalaniladigan maxsus harbiy boʻlinmalarni tashkil qiladi;
FVV tizimi organlari, tuzilmalari va tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrnatilgan tartibda nazorat qiladi;
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalarini moddiy-texnik taʼminlash tartibi va meʼyorlarini ishlab chiqadi va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlaydi;
i) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi yongʻin xavfsizligini taʼminlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv havzasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
ilmiy-texnik dasturlar va innovatsion loyihalarning davlat buyurtmachisi hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yongʻinlardan muhofaza qilishga moʻljallangan mavjud yongʻin-qutqaruv texnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishi va moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;
qoʻshma ilmiy loyihalarni roʻyobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
k) aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
FVDTga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini taʼminlaydi, ularning oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT mansabdor shaxslari, kuch va vositalarining harakatlari boʻyicha turli oʻquv mashqlar, mashgʻulotlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
aholi, mansabdor shaxslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari va tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tatbiq etadi;
qutqaruvchilar va qutqaruv tuzilmalarining attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
kema haydovchilarini tayyorlaydi;
taʼlim muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni taʼminlaydi;
l) yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
Vazirlik va FVDT faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tegishli mutaxassislarni vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy taʼlim muassasalarida tayyorlashni amalga oshiradi;
Vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari, xizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mansabdor shaxslarini va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlaydi;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga keyinchalik FVV tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashda tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Vazirlik shaxsiy tarkibini axloqiy va maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha gʻoyaviy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
Vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda ular oila aʼzolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini taʼminlaydi;
Vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yoʻnalishlarda turli tanlovlar va musobaqalarni tashkil qiladi;
Vazirlik tuzilmalari shaxsiy tarkibini birlamchi kasbiy, ruhiy jismoniy tayyorlash va malakasini oshirishni hamda yongʻin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirishni taʼminlaydi;
yongʻin-saf tayyorgarligi boʻyicha meʼyorlar ishlab chiqadi, shaxsiy tarkibning jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston yongʻin oʻchirish amaliy sporti federatsiyasi faoliyatiga koʻmaklashadi;
Vazirlik yongʻin-qutqaruv tuzilmalarida bajarilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;
m) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va targʻib qilish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida oʻrnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xalqaro insonparvarlik loyihalari, dasturlari va tadbirlarini tayyorlash hamda oʻtkazishda ishtirok etadi;
Vazirlik vakillarini BMT tizimidagi maxsus xalqaro tashkilotlar, va boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarning markaziy va hududiy organlariga ular bilan kelishilgan shartlar asosida oʻrnatilgan tartibda ishlash uchun yuboradi;
n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarda kapital taʼmirlash, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, muhandislik-qurilish, oʻrmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish sohasida:
Vazirlikning kapital qurilish va taʼmirlash obyektlari, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini taʼminlaydi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, turar joylar, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash, qayta qurish boʻyicha pudrat ishlarini amalga oshiradi;
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini tashkillashtiradi va oʻtkazadi, shuningdek, ushbu jarayonda oʻzanlardan shagʻal va qumlar maqsadli qazib olinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
qurilish-montaj, pudrat va taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi;
choʻl, yarim choʻl, dasht va togʻli hududlarda oʻsimlik qoplamalarini tiklash va mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, oʻstirilgan oʻsimliklarning parvarishini taʼminlashda ishtirok etadi;
choʻl, yarim choʻl, dasht va togʻli hududlarni suv bilan taʼminlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazadi;
choʻl, yarim choʻl, dasht va togʻli hududlarda oʻrmonlar tashkil etish hamda harakatdagi qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini olib borish davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnoma asosida qazib olingan qum va shagʻal hajmining hisobini yuritadi;
Vazirlik qonunchilikka muvofiq, boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
14. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida oʻrnatilgan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, yongʻinlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish;
Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlar va axborotlarni soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Vazirlik va FVDT faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun vakillik asosida idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari (komissiyalar, guruhlar) hamda kollegial organlar (ilmiy, ilmiy-texnik, metodologik va boshqalar)ni tuzish;
ishlar va xizmatlar koʻrsatish, jarimalar va boshqa tushumlardan tushadigan mablagʻlar hisobidan Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil qilish;
Vazirlik ixtiyoridagi davlat mulkini boshqarish;
avariya-qutqaruv va yongʻin oʻchirish texnikalarini yaratish, avariya va falokatlardan jabrlangan aholini va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini oʻtkazish, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish yuzasidan tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish;
maxsus texnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlash boʻyicha buyurtmalar berish, shuningdek, ehtiyoj uchun zarur boʻlgan maxsus jihoz va texnika, boshqa texnik vositalarni xarid qilish, ularni saqlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini, ularning oila aʼzolarini, shuningdek pensionerlarini ijtimoiy himoya qilish uchun davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik ehtiyojlari uchun kapital, shu jumladan uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlarida ishlarni bajarish;
oʻrnatilgan tartibda tanish belgilari va maxsus rangli bayroqlar bilan belgilangan, shuningdek, maxsus signallar, radio vositalar va bayroqchalar bilan jihozlangan uchish apparatlari, havo va suv kemalari, maxsus transport vositalariga egalik qilish;
oʻz faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va ijrosini taʼminlash haqida takliflar kiritish;
chet el mamlakatlarining tegishli boʻlinmalari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan oʻrnatilgan tartibda hamkorlik qilish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlari uchun doimiy shay holatdagi hududiy kuch va vositalarni jalb etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli hududda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yongʻinlarni bartaraf etish tadbirlarida yongʻinlar hamda ularning xavfli omillari tarqalgan (tarqalish ehtimoli mavjud boʻlgan) joylarga toʻsiqsiz kirib borish, shuningdek, insonlarning hayotiga, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof muhitga tahdid soladigan yongʻinlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan xavfli omillarning oldini olish hamda favqulodda vaziyat va yongʻinni bartaraf etishni taʼminlovchi sharoitlarni yaratish maqsadida zarur hollarda eshiklarni, derazalarni va boshqa toʻsqinlik qiladigan konstruksiyalarni ochish;
favqulodda vaziyat va yongʻinlar hududida transport vositalari va aholi harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash, shuningdek, favqulodda vaziyat va yongʻinlarni bartaraf qilish ishlari olib borilayotgan hududlarning qoʻriqlanishini taʼminlash uchun tegishli xizmatlarni jalb qilish;
oʻz vakolati doirasida barcha tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, shu jumladan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari olib borilayotgan hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilish;
yongʻinlarni oʻchirish, yongʻin va avariyalarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi (tarqalishi)ning oldini olish bilan bogʻliq zarur ishlarni bajarishda tabiiy va sunʼiy suv manbalaridagi suvdan bepul foydalanish;
favqulodda vaziyat va yongʻinlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi talablari buzilishi holatlarini aniqlash va unga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan vakolatlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish;
oʻrnatilgan tartibda roʻyxat boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmatlar koʻrsatish.
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
15. Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining huquqlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar (ustavlar) bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom.
16. Vazirlik:
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli soha (tarmoq)da davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
oʻz faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.
17. Vazirlik markaziy apparati:
Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish, nazorat qilish va uslubiy rahbarlik qilish, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish;
hududiy va tarkibiy tuzilmalarning ishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
xorijiy va ilgʻor mahalliy tajribalarni oʻrganish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar va kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish tizimlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;
hududiy va tarkibiy tuzilmalar tomonidan oʻz sohasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni tashkillashtirish uchun javobgar hisoblanadi.
18. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari:
zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, markaziy apparat koʻrsatmalarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;
boʻysunuvidagi tuzilmalarning faoliyatini tashkillashtirish, nazorat va uslubiy rahbarlik qilish;
aniqlangan muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli soha (yoʻnalish)ni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasidagi dasturlar, chora-tadbir rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar talablarini samarali amalga oshirish uchun javobgar hisoblanadi.
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
19. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) boshqaradi.
Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega.
20. Vazir:
1) Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtiradi;
2) ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlarida hamda tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;
3) Vazirlik tizimining muayyan yoʻnalish va faoliyat sohalari hamda uning tashkilotlariga rahbarlik qilishda oʻz oʻrinbosarlari, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
4) Xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik tizimi markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari, boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvalini, shuningdek, tegishli davr uchun tasdiqlangan budjet ajratmalari doirasida uning taʼminoti uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
5) Vazirlik tizimidagi markaziy apparat, hududiy va tarkibiy tuzilmalari, boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvallariga oʻzgartirish kiritadi, shu jumladan shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlar hisobiga idoraviy boʻysunuvidagi tashkilot, tuzilma, harbiy xizmatchi va xizmatchi lavozimlarini joriy etadi (qisqartiradi);
6) oʻz vakolati doirasida Vazirlik shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq, farmoyish, direktiva chiqaradi va topshiriqlar beradi;
7) belgilangan tartibda:
Vazirlik tizimidagi markaziy apparat va boʻysunuvdagi tashkilotlarning tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;
harbiy xizmatchilar lavozimlari, shuningdek ushbu lavozimlarga mos keladigan harbiy unvonlar roʻyxatini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratilgan moddiy boyliklarni, shuningdek, xizmatini oʻtab boʻlgan moddiy-texnik vositalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni;
obyektlarni loyihalash, yongʻin va qutqaruv boʻlinmalari uchun yangi turdagi texnika va texnik vositalarni, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun taktik-texnik topshiriqlarni;
Vazirlik shaxsiy tarkibini hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yongʻinlarning oldini olish va ularni oʻchirish boʻyicha topshiriqlarni bajarishda jonbozlik koʻrsatgan fuqarolarni mukofotlash uchun beriladigan idoraviy nishonlarni, ularning nizomi va tavsifini hamda mukofotlash tartibini tasdiqlaydi;
8) qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda harbiy xizmatchilarga polkovnik va unga qadar boʻlgan, harbiy unvonlarni beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bobi.
9) Vazirlik harbiy xizmatchilarini lavozimiga tayinlaydi va ozod etadi;
10) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari bilan kelishilgan holda, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;
11) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga qabul qiladi;
12) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etadi;
13) qonunchilikka muvofiq Vazirlik tizimida harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
14) oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalarini hal etadi;
15) qonun hujjatlarida belgilangan shart va tartibda kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarni mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlariga xizmat safariga yuboradi;
16) Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan harbiy xizmatchilari va xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek, idoraviy mukofotlarni taʼsis etish toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritadi;
17) Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini belgilangan tartibda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuboradi;
18) Vazirlikni moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlarning bosh tasarruf etuvchisi hisoblanadi;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda:
oliy ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlash va undan ozod etish toʻgʻrisida;
oliy ofitserlik tarkibiga harbiy unvonlar berish toʻgʻrisida;
Vazirlik harbiy xizmatchilari uchun kiyim-kechak namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida;
FVV boʻysunuvidagi tashkilotlarni tuzish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
20) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan belgilangan tartibda xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
21) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etadi, ularning mutaxassisligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi va samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
22) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkillashtiradi;
23) Oʻzbekiston Respublikasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
21. Vazir boʻlmagan davrda uning vakolatlarini bajarish vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan, birinchi oʻrinbosar boʻlmaganda esa Vazirning buyrugʻiga binoan oʻrinbosarlardan biri tomonidan amalga oshiriladi.
22. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda boʻysunuvidagi tashkilotlar rahbarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
23. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda boʻysunuvidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
24. Vazirlikni harbiy xizmatchilar bilan jamlash oʻrnatilgan tartibda talabnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va maxsus oʻquv yurtlarida, shuningdek, boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
25. Vazirlikda vazir (Hayʼat raisi), vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Vazirlikning tegishli mansabdor shaxslari hamda boshqa vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat Hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat Vazirlik faoliyatining eng dolzarb muammolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
26. Vazirlik vakolatiga kiradigan muhim masalalarni koʻrib chiqish va tavsiyalar berish uchun ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi. Uning tarkibiga manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin.
Ilmiy-texnik kengash toʻgʻrisidagi Nizom va uning tarkibi Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy-texnik kengash oʻz faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.
27. Vazirlik tarkibida maslahat, kengashuvchi va ekspert organlari tashkil etilishi mumkin. Vazirlik huzurida tashkil etilgan maslahat, kengashuvchi va ekspert organlarining tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanmagan boʻlsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
28. Vazirlikning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan namuna-etalonlari tasdiqlanadigan harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega boʻladi.
29. Vazirlikning texnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilib, maxsus rangga boʻyaladi.
5-bob. Vazirlikning faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
30. Tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan boʻlinmalardan tashqari, Vazirlik boshqaruv organlari, tuzilmalari va tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shuningdek Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti, Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
31. Vazirlik shaxsiy tarkibini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 968-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.
32. Vazirlik harbiy xizmatchilari va yongʻin-qutqaruvchilari bepul harbiy va maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
33. Vazirlik tuzilmalarining bino va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun, shartnoma asosida tashkil etilgan boʻlinmalardan tashqari, sarflanadigan xarajatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yil investitsiyaviy va boshqa dasturlarida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari doirasida hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning boshqa tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan tuzilmalari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ushbu tashkilotlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6-bob. Vazirlik hisoboti
34. Vazir va uning oʻrinbosarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari oldida hisobot beradi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmasi Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha uning faoliyatini doimiy monitoring qiladi va Vazirlik faoliyati samaradorligiga obyektiv baho beradi.
36. Monitoring va baholash natijalariga koʻra, Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
37. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga
2-ILOVA
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar roʻyxati

Ijro shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish davrida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV)ning tuzilmalari ishtiroki tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-avgust

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

IIV (M.U. Joʻrayev)

2.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazib, ishlab chiqilishi va qayta ishlanishi talab qilinadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini tuzish hamda ularni tayyorlash boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-dekabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Adliya vazirligi (M.U. Istamov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining faoliyatini takomillashtirish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
1-avgust

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Adliya vazirligi (M.U. Istamov)

II. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tizimini takomillashtirish

4.

Tez harakat qilish koʻp tarmoqli respublika markazi va Murakkab yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi bazasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

5.

“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi va “Qamchiq” tonnelini qoʻriqlash boʻyicha harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi bazasida “Qamchiq” maxsus qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida maxsus vazifalarni bajaruvchi hududiy qutqaruv otryadlarining faoliyatini tashkil etish.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev),
Qashqadaryo (Z.Sh. Roʻziyev),
Samarqand (E.O. Turdimov)
va Fargʻona (Sh.M. Ganiyev)
viloyatlari hokimliklari

7.

Respublikaning shaharlarida, aholi punktlarida va obyektlarida FVV yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish:

aholi sonidan kelib chiqqan holda, aholi punktlarida yongʻin-qutqaruv depolari joylashuvini, yongʻin oʻchirish va qutqaruv avtomobillari sonini belgilash;

yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (otryadlar, qismlar, postlar)ni tashkil etish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-avgust

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov) daxldor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

8.

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarishning Milliy markazi (FVHQ va BMM) hamda uning hududiy tezkor boshqaruv markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (YANDX)ni tashkil etish;

FVHQvaBMM va YANDX tashkiliy-shtat tuzilmasini, nizomlarini hamda FVDT kuchlari va vositalarini boshqarish tartibini tasdiqlash;

FVHQvaBMM va uning hududiy boʻlinmalari binolarini qurish (qayta qurish) va jihozlash;

yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining yagona chaqiruv raqamini tatbiq etish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-sentabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)

9.

Quyidagilarni:

Zarafshon, Uchquduq, Shirin shaharlari, Ohangaron va Oʻrta-Chirchiq tumanlarida professional yongʻin-qutqaruv qismlarini;

Xiva shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimini umumiy miqdor doirasida tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-oktabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Navoiy (Q.B. Tursunov),
Sirdaryo (Gʻ.Gʻ. Mirzayev),
Toshkent (Gʻ.I. Ibragimov) va
Xorazm (F.U.Ermanov)
viloyatlari hokimliklari

10.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida idoraviy aviatsiya boʻlinmasini tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Axborot xati

2019-yil
1-noyabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev)manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

11.

Maxsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazi tarkibida radiatsiyaviy avariyalar tarqalishini chegaralash va bartaraf etishga moʻljallangan, maxsus texnika, uskunalar va asbob-anjomlar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan boʻlinmani tashkil etish.

Axborot xati

2020-yil
1-yanvar

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

III. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish

12.

FVV yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A.Gulyamov)

13.

FVV boʻlinmalari va organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxatini tayyorlash va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Adliya vazirligi (M.Sh. Istamov)

14.

Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universitetida ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot vositalari (favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, surishtirish, Favqulodda vaziyatlar komissiyasi aʼzolarini tayyorlash)ni sohaga yetkazib berish va moslashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot xati

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining oʻqotar qurollarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV balansidan FVV balansiga oʻtkazilishini hamda keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi omborxonalarida saqlanishini tashkil qilish.

Qoʻshma qaror loyihasi

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),

IIV (M.U. Joʻrayev),
Mudofaa vazirligi (P.I. Ergashev)

16.

“Pojsnab” MCHJ va “Uniform” RUICHK (Belarus Respublikasi) bilan asosiy va maxsus turdagi yongʻin-qutqaruv texnikalarini, uskunalarni, shuningdek, qutqaruvchi va yongʻin oʻchiruvchilarning shaxsiy himoya vositalari va maxsus himoya kiyimlarini xarid qilish masalalarini koʻrib chiqish.

Axborot xati

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (X. Yusupov)

17.

FVVning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi

2020-yil
1-fevral

FVV (A.H. Qoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

IV. Kadrlarni, aholini, qutqaruv xizmatlarini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish

18.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida zamonaviy koʻrgazma materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari hamda axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha koʻrgazma-namunali oʻqitish Markazini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot xati

2019-yil
20-may

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ.I. Ibragimov),
“Oʻztransgaz” AJ (B.P. Musayev),
Energetika vazirligi (J.T. Mirzamaxmudov)

19.

FVV Akademiyasi va uning qoshidagi Ixtisoslashtirilgan akademik litsey faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(O.K. Abduraxmonov),
Adliya vazirligi (M.Sh. Istamov)

20.

Yongʻin-qutqaruv otryadlari va qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibini qutqaruv ishiga tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda keyinchalik ularga qutqaruvchi maqomini berish maqsadida attestatsiyadan oʻtkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
10-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

21.

Qutqaruvchi kasbi nufuzini oshirish va aholi oʻrtasida hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining targʻibotini maqsadli tashkil qilish yuzasidan aholining turli toifalari uchun moʻljallangan videoroliklar va multfilmlar, shuningdek, targʻibot yoʻnalishidagi materiallar hamda badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(O.K. Abduraxmonov),
Xalq taʼlimi vazirligi (A.Yu. Umarov),
MTRK (X.B. Nuritdinov),
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov)

22.

FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini kasbiy, jismoniy va mafkuraviy tarbiyalash tizimini takomillashtirish.

Kompleks reja

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(O.K. Abduraxmonov),
Xalq taʼlimi vazirligi (A.Yu. Umarov)

23.

Belarus Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlarning FVV ayrim boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tajribasini oʻrganish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil
1-iyul

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Tashqi ishlar vazirligi (I.T. Neʼmatov)

24.

Turli favqulodda vaziyatlarda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tomonidan qutqaruv ishlarini olib borish koʻnikmalarini takomillashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy oʻquv-mashgʻulot poligonini tashkil etish.

Kompleks reja

2019-yil
1-avgust

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

25.

Belarus Respublikasi FVVning Fuqaro muhofazasi universiteti mutaxassislarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi faoliyatini tashkil etishda metodik yordam koʻrsatish hamda ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash masalalarini koʻrib chiqish.

Axborot xati

2019-yil
1-avgust

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

26.

Jamoatchilik fikri asosida FVV tuzilmalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2019-yil
1-sentabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

V. Favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni monitoring va prognoz qilish tizimini rivojlantirish, shuningdek, FVV faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish

27.

Aholini tabiiy, texnogen xavfli zonalar va noqulay meteorologiya sharoitlari toʻgʻrisida xabardor qilish hamda monitoring qilish maqsadida interaktiv xaritalarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil
1-iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
(T.M. Abdullayev)

28.

Favqulodda vaziyatlar boʻyicha tuzilmalar tezkorligi va mobilligini oshirish uchun zarur boʻladigan axborot tizimlarini va maʼlumotlar bazalarini, shuningdek, quyi tuzilmalargacha boʻlgan optik aloqa liniyalarini tashkil etish zaruriyatini hisobga olgan holda yagona axborot-kommunikatsiya tarmogʻi loyihasini ishlab chiqish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-sentabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
“Oʻzbektelekom” AK (J.L. Aripov),
“Unicon.uz” DUK (X.P. Xasanov)

29.

Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalari toʻgʻrisida aholiga maʼlumot berish hamda qutqaruv xizmatlarining shoshilinch chaqiruvi, hayot faoliyati xavfsizligi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega bepul mobil ilovani ishlab chiqish va tatbiq etish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-oktabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov)

30.

Geoaxborotlar tizimidan foydalangan holda FVV qutqaruv tuzilmalarining kuch va vositalarini boshqarish uchun zaruriy maʼlumotlar bazasini shakllantirish bilan birga axborot tizimini yaratish, shuningdek, real vaziyatda maʼlumotlarni vizual kuzatish tizimini (joylardagi kameralar) ishga tushirish va jamoaviy foydalanish ekranlarida aks ettirish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
1-noyabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)

31.

Tabiiy va texnogen xavfi yuqori zonalar (obyektlar) boʻyicha geoaxborot tizimini tashkil etish maqsadida “ARC GIS” (ARS GIS EDITOR 10,5) GPS litsenzion dasturi bilan taʼminlash masalasini ishlab chiqish.

Bosqichma-bosqich jihozlash dasturi

2019-yil
1-dekabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov)

VI. FVV xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va madaniy-maishiy taʼminotini takomillashtirish

32.

FVV shaxsiy tarkibi, ularning oila aʼzolari va pensionerlarning tibbiy taʼminotini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Axborot xati

2019-yil
1-sentabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev),
Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.K. Yusupaliyev),
Mehnat vazirligi (E.M. Muxitdinov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)

33.

FVV tarkibiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi instituti xodimlarini ichki ishlar organlari xodimlari maqomidan harbiy xizmatchi maqomiga oʻtkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2020-yil
1-yanvar

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

34.

FVV tarkibiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi instituti xodimlariga ularning maxsus unvoni va toifa malakalariga muvofiq harbiy unvon va toifa malakalarini berish.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2021-yil
1-yanvar

FVV (A.H. Qoʻldoshev)

Izoh:
1. Normativ-huquqiy hujjatlar turi sohalar boʻyicha huquqiy munosabatlar tartibidan kelib chiqqan holda yagona hujjatga birlashtirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
2. Ikki yoki undan koʻp bandlar ijrosi birlashtirilganda, muddati boʻyicha kechroq vaqt belgilangan bandda koʻrsatilgan muddat hisobga olinadi.