toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDORALARARO TUSDAGI XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh, BAJARISh, TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA BEKOR QILISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-son Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibining 3-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari “Davavianazorat” inspeksiyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 27-dekabr,
506-son