

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-4300853">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7141"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.07.00 Ayrim mintaqalarning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizligini taʼminlash]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-4300853">[<b>TSZ:</b><div id="LS3708"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-4301215">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4301216">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4301217">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4301220"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301226">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish orqali aholining baliq va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan unumli foydalanish hamda sohaga oid qonun hujjatlarining toʻliq va soʻzsiz ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301227">1. Quyidagilar Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5960208"><a href="/mact/-4300853?ONDATE=23.04.2019 00#-4301228">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5960208"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5960211">hududda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan biologik resurslardan foydalanish, shu jumladan, tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga soʻzsiz va qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5960216">(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939691">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301229">koʻllar tizimining biologik xilma-xilligini saqlash hamda mavjud tabiiy ozuqa zaxiralarini hisobga olgan holda suv havzalarida yetishtirilishi mumkin boʻlgan yangi baliq turlarini baliqchilik sanoatiga kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301230">hududga investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda baliqchilik klasterlarini tashkil etish orqali baliq yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilishni jadal rivojlantirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301232">baliqchilik tarmogʻi rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish orqali koʻllar tizimini mamlakatimizdagi baliq chavoqlarini yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylantirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301235">hududda turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda havaskor va sport baliq ovi turizmini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sayyohlarga koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301241">2. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi, shu jumladan, uning hududida joylashgan orolchalar va quruqliklarni boshqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301243">3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5827111"><a href="/mact/-4300853?ONDATE=23.04.2019 00#-4301245">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5827111"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5827112">2019-yil 1-iyuldan boshlab Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining boʻsh suv havzalari konturlarini tanlov asosida ijaraga berish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5827113">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli <a href="/mact/-5819662?ONDATE=13.01.2022 00#-5824056">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6137569"><a href="/mact/-4300853?ONDATE=23.04.2019 00#-4301251">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6137569"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6137570">“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ mahalliy hokimliklar, manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda baliq ovlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklar bilan birgalikda har oyning birinchi shanba kuni Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻllar tubini chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshiradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6137573">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli <a href="/mact/-6129341?ONDATE=26.07.2022 00#-6130092">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6137606"><a href="/mact/-4300853?ONDATE=23.04.2019 00#-6137586">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6137606">(3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli <a href="/mact/-6129341?ONDATE=26.07.2022 00#-6130098">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301259">4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301264">a) bir oy muddatda belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida Navoiy va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalarining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalari shtat birliklarini oshirish hisobiga Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining akvatoriyasida kunu tun faoliyat yuritadigan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi punktlarni (keyingi oʻrinlarda Nazorat punktlari deb ataladi) tashkil etsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301266">b) 2019-2020-yillarda bosqichma-bosqich Nazorat punktlarini Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi akvatoriyasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli yoʻltanlamas maxsus avtomashinalar, katerlar, yuqori aniqlikdagi erni masofadan zondlash vositalari va dasturlari, GPS navigatorlar, videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, videokuzatuv tizimi, elektr generatorlar, aloqa vositalari, zarur inventar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301283">v) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Direksiya bilan birgalikda ilmiy asoslangan holda ikki oy muddatda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301287">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq urchitish konturlarini aniqlab, ularda baliq ovlashni taqiqlasin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301291">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida mavjud baliq resurslari hajmini aniqlasin va ularni koʻpaytirish choralarini koʻrsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301425">5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofidagi vagon uylarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ehtiyojiga muvofiq Nazorat punktlarini tashkil etish uchun qoʻmitaning Jizzax va Navoiy viloyatlari hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish haqidagi taklifi maʼqullansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301427">6. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301428">ikki oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda uning atrofidagi yer uchastkalarini, mavjud bino va inshootlarni, shu jumladan noqonuniy qurilmalarni aniqlash yuzasidan toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va belgilangan tartibda ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301429">uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Direksiya bilan hamkorlikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududi va uning atrofida turizmni rivojlantirish uchun ajratiladigan hududlarni tasdiqlasin va ular haqidagi maʼlumotlarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining rasmiy veb-sahifasida joylashtirish choralarini koʻrsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301431">7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301434">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining turistik salohiyatini Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga targʻib qilish boʻyicha reklama mahsulotlari (buklet, broshyura, video) tayyorlanishini, turistik tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun infoturlar tashkil etilishini taʼminlasin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301436">Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallarining xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlarini oʻtkazsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301437">8. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish, ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish, turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301439">Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu loyihalarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301442">9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura boshqarmasi deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuzilmasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Departament boʻlimi deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301443">10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301444">Bosh prokuratura boshqarmasi va Departament boʻlimini moddiy-texnik taʼminlash, shu jumladan, ular joylashtiriladigan Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, Gʻoliblar qoʻrgʻoni, Xalqlar doʻstligi koʻchasi manzilida joylashgan Arnasoy tuman prokuraturasining maʼmuriy binosini taʼmirlash, faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301445">Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida nazoratning samarali boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi Bosh prokuratura boshqarmasining situatsion-tahlil punktlarini (keyingi oʻrinlarda Situatsion-tahlil punkti deb ataladi) tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301447">Situatsion-tahlil punktlarini uchuvchisiz uchadigan apparatlar, tunda koʻrish uchun moʻljallangan kameralar, yoʻltanlamas maxsus avtomashinalar, koʻchma konteyner-ofislar, elektr generatorlar, kompyuter texnikasi, erni yuqori aniqlikdagi masofadan zondlash vositalari va dasturiy taʼminot mahsulotlari, aloqa vositalari hamda boshqa texnika bilan taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301449">Bosh prokuratura boshqarmasi, Departament boʻlimi va Situatsion-tahlil punktlarining faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ajratish haqidagi takliflari maʼqullansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301450">11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik nazoratni samarali tashkil etish uchun videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, radioaloqa vositalarini xarid qilish, olib kirish, ulardan foydalanishga, xodimlariga oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan, mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga hamda maxsus texnik jihoz (ratsiya, sirena, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar va boshqalar)lar oʻrnatishga ruxsat berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301453">12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuraturaning murojaatiga asosan belgilangan tartibda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududini, Bosh prokuratura boshqarmasini, Departament boʻlimini, Nazorat hamda Situatsion-tahlil punktlarini simsiz internet va mobil aloqa bilan taʼminlash choralarini koʻrsin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301455">13. Belgilansinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301457">a) 2021-yil 1-yanvarga qadar Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida biologik resurslardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar, uskunalar, motorli qayiqlar va katerlar, yoʻltanlamas maxsus avtomashinalar, mashina va mexanizmlar, erni yuqori aniqlikdagi masofadan zondlash vositalari va dasturlari, GPS navigatorlar, videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, videokuzatuv tizimi, elektr generatorlar, aloqa vositalari, butlovchi va ehtiyot qismlar, dasturiy taʼminot mahsulotlari, materiallar va texnologik jihozlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301459">b) quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301462">Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu qarorga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar qoʻmita tizimiga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301465">Bosh prokuratura tomonidan ushbu qarorga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar, shu jumladan, maʼmuriy binolarni taʼmirlash, videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, tunda koʻrish uchun moʻljallangan kameralar, yoʻltanlamas maxsus avtomashinalar, motorli qayiqlar va katerlar, koʻchma konteyner-ofislar, elektr generatorlar, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot mahsulotlari, aloqa vositalari va boshqa texnikalarni xarid qilish hamda tegishli xizmatlarni amalga oshirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301468">Bosh prokuratura tomonidan xarid qilinadigan motorli qayiqlar, katerlar va 2 ta yoʻltanlamas maxsus avtomashinalar operativ boshqaruv huquqi bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga oʻtkaziladi hamda keyinchalik tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda Nazorat punktlariga beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301472">14. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududiga qadar olib boruvchi mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin hamda avtomobil yoʻllarini bosqichma-bosqich 2019 — 2021-yillarda rekonstruksiya qilinishi hamda taʼmirlanishini taʼminlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301474">15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qonun buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikdagi harakatlar dasturini tasdiqlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301475">16. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini keng yoritish, aholiga yetkazish, shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha tayyorlangan reklama materiallarini teleradiokanallarda bepul yoritib borish tavsiya etilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301477">17. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Direksiya bilan birgalikda bir oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududining kadastr yigʻmajildini tayyorlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin, shuningdek, hududning joylashishini ifodalovchi batafsil elektron xaritasini ishlab chiqsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301479">18. Quyidagilarga:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301481">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. Musayevga — mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning Direksiya tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash hamda baliq mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi nazorati uchun;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301483">Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqovga — Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliqchilikni rivojlantirish va turistik zonalarni tashkil etishga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301485">Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. Qoʻchqorovga — Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida davlat ekologik nazoratini taʼminlash uchun;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301488">Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikovga — Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida simsiz aloqa va internet aloqasini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301492">19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4301494">20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-4301496">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4301498">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-4301500">2019-yil 22-aprel,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-4301502">347-son</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4301218">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/347/2998-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
