O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining 67-bandining
birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
2. Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi mazkur buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.