toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 37-son, 426-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda) 11-moddasining toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda):
1) 145-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning shaʼni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy taʼlim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bogʻliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan soʻzlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan soʻzlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 216-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“216-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish
Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, xuddi shuningdek bunday birlashmalar va tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) Kodeks quyidagi mazmundagi 2161 va 2162-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2161-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash
Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloh tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2162-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) 217-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 2291, 2292 va 2441-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2291-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, agar xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2292-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki mol-mulk musodara qilinib yoxud musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish,—
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 246-moddaning birinchi qismi “psixotrop moddalarni” degan soʻzlardan keyin “yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) Kodeks quyidagi mazmundagi 2571-modda bilan toʻldirilsin:
2571-modda. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 56-modda, № 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi “225” raqamidan keyin “2291”, “2292” raqamlari bilan, “244” raqamidan keyin esa “2441” raqami bilan toʻldirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 27-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, bu chora: tuman (shahar) sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan — aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda”;
2) 53-moddasining jazo qismidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” va “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha” hamda “besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 54-moddasining jazo qismidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” va “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “uch baravaridan besh baravarigacha” hamda “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 60-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish
Yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;”
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va toʻlov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan toʻlovlarni undirish boʻyicha soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini oʻtkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablagʻlar boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Soliq organlarida roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlgan korxonalarga oʻz vaqtida inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
birinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” va “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “besh baravaridan oʻn baravarigacha” va “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 1761 va 1762-moddalar bilan toʻldirilsin:
1761-modda. Shartnoma intizomini buzish
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1762-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning manzili yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik yoki yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan manzili (turar joyi) yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoki yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
8) 184-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“184-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, —
materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;”
9) Kodeks quyidagi mazmundagi 1841-modda bilan toʻldirilsin:
“1841-modda. Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;”
10) 201-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;
11) Kodeks quyidagi mazmundagi 2021-modda bilan toʻldirilsin:
“2021-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning faoliyatida qatnashishga undash
Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;”
12) 240 va 241-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“240-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
241-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;”
13) 242-moddasining 1-bandi “boʻyicha sudyasi” degan soʻzlardan soʻng “xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
14) 245-moddasining birinchi qismi “173-moddasida” degan soʻzlardan keyin “175-moddasining beshinchi qismi” degan soʻzlar bilan, “184” raqamidan keyin “1841” raqami bilan, “202” raqamidan keyin “2021” raqami bilan toʻldirilsin;
15) Kodeks quyidagi mazmundagi 2451-modda bilan toʻldirilsin:
“2451-modda. Xoʻjalik sudlari
Xoʻjalik sudlari xoʻjalik nizolarini hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining 3-qismida, 1761, 1762, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar;”
16) 262-moddasining ikkinchi qismi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markasi qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni” degan soʻzlar bilan toʻldirsin;
17) 264-moddasining birinchi qismidagi “174, 175-moddalari” degan soʻzlar “174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 315-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi;”
19) 317-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi;”
20) 337-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organining Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisidagi hamda soliq organining saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorlari tegishli hokimiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan doimiy harakatdagi komissiyalar tomonidan ijro etiladi;”
21) 339-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ashyoni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi:
uni chiqargan maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaga;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.”
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 444-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-soniga ilova, № 11-12; 1997-yil, № 9, 241-modda):
1) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qoʻyilgan faoliyat amalga oshirilgan, yoxud olti oy davomida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;”
2) 784-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Hisobvaraqdagi pul mablagʻlari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, pul mablagʻlari quyidagi navbatda oʻchiriladi:
birinchi navbatda mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar boʻyicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, budjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha xoʻjalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi;
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha pul oʻchiriladi;
uchinchi navbatda boshqa toʻlov hujjatlari boʻyicha kalendar navbat tartibida pul oʻchiriladi.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga pul mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, №9, 230-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;”
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshisi tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismi 3-bandidagi “mablagʻlar hisobidan chiqarilganidan keyin” degan soʻzlar “mutanosib ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
II. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 175-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomani moliya organining vakolatli mansabdor shaxsi tuzadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
621-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 167, 168-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 12-son, 220-modda; 2003-y., 1-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 37-son, 426-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)