1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, korxonalar va xoʻjalik boshqaruvidagi idoralar tomonidan xorijiy valyutada undiriladigan bojlar stavkalari, yigʻimlar tarifi va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlari tariflari boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) IX boʻlimiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
326-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qaroriga 1-ILOVA
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibini belgilaydi.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik vizalarni berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha propiska qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vatandoshlar — kelib chiqishi Oʻzbekiston Respublikasidan boʻlgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan, tarixiy Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda etnik va til nuqtai nazaridan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqa qilish istagida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
vatandoshning oila aʼzolari — vatandoshning turmush oʻrtogʻi, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar);
taklif qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush oʻrtogʻi, toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara boʻyicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
VTD turdagi kirish vizasi — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va uning fuqarolari boʻlgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi;
MvaFR boʻlinmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimlari ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari.
2-bob. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibi
3. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi doimiy istiqomat qiladigan joyidagi MvaFR boʻlinmasiga murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi 2 nusxada ariza-anketa;
taklif qiluvchining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
agar vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga oila aʼzolari bilan birgalikda kelish niyatida boʻlsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari;
taklif qiluvchining 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli ikki dona fotosurati;
4. MvaFR boʻlinmasi uch ish kuni mobaynida ariza-anketani va taqdim etilgan boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, vatandoshning taklif qiluvchiga qarindoshlik darajasini oʻrganib chiqadi hamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini ichki ishlar organlaridagi mavjud maʼlumotlar bazasi boʻyicha tekshiradi.
5. Ariza-anketa oʻrganib chiqilgach, agar vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga ichki ishlar organlarida toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboriladi.
6. Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklidagi taklifnoma toʻldirilib MvaFRB boʻlinmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga beriladi.
Vatandoshlarni taklif qilish haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi lozim.
7. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Taklif qiluvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
3-bob. Vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
8. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa — xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
9. Vatandoshlarga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taklif etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda viza talabi;
e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
MvaFR boʻlinmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
taklif qilinuvchi vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi moʻljallangan holatlarda — aviachipta yoki bron nusxalari;
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
10. Taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
11. Murojaat ijobiy hal etilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amal qilish muddati ikki yil boʻlgan koʻp martalik “VTD” turdagi kirish vizasi rasmiylashtiriladi.
Bunda vizaning amal qilish muddati taklif qilinayotgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
4-bob. Vatandoshlarni ichki ishlar organlarida vaqtincha propiska qilish tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan vatandoshlar oʻz xohishlariga koʻra mehmonxona, davolash muassasalari, sanatoriy va dam olish uylarida (keyingi oʻrinlarda joylashtirish muassasalari deb ataladi) hisobdan oʻtgan holda vaqtincha boʻlishlari yoki turgan joylarida vaqtinchalik propiskadan oʻtib hududiy ichki ishlar organlarida hisobda turib xususiy uy-joylarda yashashlari mumkin.
14. Xususiy uy-joyda yashash istagini bildirgan vatandoshlarni vaqtincha propiskadan oʻtkazish uchun taklif qiluvchi oʻzi yashab turgan joydagi MvaFR boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ariza;
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlar bundan mustasno);
vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlardan kelgan vatandoshlarning taklif qiluvchi bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar nusxasi olinib asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning vaqtincha turar joy maydoni berishga roziligi toʻgʻrisidagi arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi — agar shaxsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
15. MvaFR boʻlinmasi vaqtincha propiskaga topshirilgan vatandoshlarning hujjatlari haqiqiyligini, oʻz vaqtida topshirilganligini, arizadagi biografik va viza maʼlumotlarining toʻgʻri yozilganligini tekshirishi lozim.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashovchi vatandoshlarning huquq va majburiyatlari
17. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari shart.
18. Vatandoshlar yashash manzillarini oʻzgartirsalar uch ish kunidan kechikmay vaqtincha propiska qilingan joy boʻyicha hududiy MvaFR boʻlinmasiga vaqtincha propiskani oʻzgartirish uchun murojaat qilishi lozim (mehmonxona, sanatoriy va davolanish muassasalariga koʻchib oʻtish bundan mustasno).
19. Muayyan manzilda vaqtincha propiska asosida yashayotgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq boʻlish istagini bildirsalar, amaldagi vaqtincha propiska bekor qilinmasdan boʻlish muddatiga vaqtincha propiska qilinadi. Bunda yangi manzildagi vaqtincha propiska avvalgi vaqtincha propiska muddatidan oshmasligi lozim.
20. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari boʻlmasa, viza va vaqtincha propiska muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
21. Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari, taʼlim olishlari, doimiy propiska bilan yashash guvohnomasi olishlari mumkin.
22. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli ruxsatnoma olish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari kerak.
24. Vatandoshlarning “VTD” turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnoma yoki taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi oʻzgarmaydi.
25. Agar vatandosh shaxsini tasdiqlovchi hujjatni turli sabablarga koʻra almashtirsa, amal qilish muddati tugamagan eski hujjatdagi viza va vaqtincha propiska MvaFR boʻlinmasi tomonidan belgilangan tartibda yangisiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda.
27. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan hamda boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan vatandoshlar haqida joylashtirish muassasalari maʼmuriyatlari, uy-joy mulkdorlari zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
29. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________ (MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsin)
______________________________________
boshligʻiga
vatandoshlarni taklif qilish toʻgʻrisida ARIZA — ANKETA
________________________________________________________________________________________________ (taklif qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
1. Tugʻilgan yili___________________________________________________________________________________
2. Tugʻilgan joyi___________________________________________________________________________________
6. Telefonlar (mobil) __________________________________ (uy) _______________________________________
7. Mening vatandoshim______________________________________________________________________________
(vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)
________________________________________________________________________________________________ qarindoshlik darajasi, fuqaroligi, yashash davlatdan. Agar taklif etilayotgan vatandosh avval Oʻzbekiston
________________________________________________________________________________________________ Respublikasiga kelgan boʻlsa, u holda uning Oʻzbekiston Respublikasiga qachon, qayerdan va qanday maqsadda
________________________________________________________________________________________________ hamda qancha muddatga kelganligi koʻrsatilsin)
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga ruxsat berishingizni soʻrayman.
8. U bilan birga 16 yoshga toʻlmagan quyidagi farzandlari keladi:
(ushbu band ota yoki onaning biriga rasmiylashtiriladi)
9. Vatandosh(lar)ning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan vaqtida uy-joy va moddiy taʼminlash majburiyatini olaman. 10. Menga men tomonidan taklif etilayotgan vatandosh(lar)ni dam olish va bayram kunlaridan tashqari uch sutka ichida vaqtincha propiskadan oʻtkazish uchun IIOga murojaat qilishim lozimligi tushuntirildi. 11. Men tomonimdan avval Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilgan vatandosh(lar):
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi, fuqaroligi
Tugʻilgan yili va joyi
Qaysi mamlakatdan kelgan, ish joyi, lavozimi va yashash manzili
Taklif etiluvchi oxirgi marta Oʻzbekistonda qachon va qayerda boʻlgan. Kelishdan maqsad
12. Mening mehnat faoliyatim, shu jumladan, oʻqish va harbiy xizmat. (Ushbu bandni toʻldirishda korxona, tashkilot va muassasada ishlangan vaqtda qanday nomlangan boʻlsa, oʻsha nom bilan, harbiy xizmatni oʻtash davri harbiy guvohnomadagi yozuvlarga muvofiq, lavozimni koʻrsatgan holda toʻldirilishi lozim)
Yil va oy
Ish joyi va lavozimi
Korxona, tashkilot va muassasa joylashgan manzil
Kelish
Ketish
13. Men xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirildim. 14. Arizaga_______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ni ilova qilaman.
Imzo ______________
Anketadagi maʼlumotlarni ______________seriya, ________________________ raqamli pasport bilan solishtirdim va arizani qabul qildim _________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________ (arizani qabul qilgan xodimning lavozimi, unvoni va imzosi)
20___ yil “____” _____________
Izoh. Ariza-anketa taklif qiluvchi tomonidan aniq va toʻliq toʻldirilishi shart.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
________________________________________________________________________________________________ (ismi, otasining ismi)
_____________________________________________________________________________________________ dan (mamlakat)
Oʻzbekiston Respublikasiga _________________________________________________________________________ (shahar, tuman nomi)
kirib kelishga ruxsat berildi. Taklifnoma 20____ yil “____”___________dan 20___ yil “___”_______________________gacha amal qiladi.
______________________________________ (MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsin)
boshligʻi
__________________ (imzo)
______________________________________(FIO)
__________________(sana)
M.Oʻ.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (ariza Konsullik-huquqiy departament yoki uning hududiy boʻlinmalari rahbari nomiga yoziladi) _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ (taklif qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili va telefon raqami)
VIZANI RASMIYLASHTIRISH UCHUN ARIZA
Quyidagi shaxsga viza rasmiylashtirishda yordam berishingizni soʻrayman:
1.
Vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi (pasporti asosida va lotin bosma harflari bilan)
2.
Fuqaroligi (avvalgi fuqaroligi)
3.
Tugʻilgan vaqti (yil, kun, oy) va joyi (shahar va mamlakat)
4.
Jinsi
5.
Pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati
6.
Ish (oʻqish) joyi (tashkilotning toʻliq nomi va lavozimi)
7.
Oʻzbekistonga safar maqsadi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan berilgan taklifnoma raqami
8.
Qarindoshlik aloqalari
9.
Oʻzbekiston Respublikasida turgan vaqtda yashaydigan manzili
10.
Oʻzbekistonda yashash muddati
____________dan ___________gacha ________marta ________kun (har bir kirishda)
11.
Viza olish joyi (davlat / shahar)
Oʻzbekiston Respublikasining______________________ dagi Elchixonasi/Konsulxonasi
12.
Vatandoshni turar joy bilan taʼminlash va oʻz vaqtida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati
Izoh. Taklif qiluvchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yoki hududiy boʻlinmalariga va taklif qilinayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi konsullik muassasasiga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi vatandoshga viza rasmiylashtirishni toʻxtatishga yoki uni bekor qilishga olib keladi.
Sana _________________________ Imzo _____________________ F.I.O. _____________________________
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
______________________________________ MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsin ______________________________________
boshligʻiga
ARIZA
Meni ___________________________________________________ muddatga quyidagi manzilga vaqtincha propiskaga qoʻyishingizni soʻrayman: ________________________________________________________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, korxonalar va xoʻjalik boshqaruvidagi idoralar tomonidan xorijiy valyutada undiriladigan bojlar stavkalari, yigʻimlar tarifi va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlari tariflari boʻyicha IX-boʻlimiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik kirish-chiqish vizalarni rasmiylashtirganlik uchun:
olti oygacha
150 AQSH dollari
bir yilgacha
250 AQSH dollari
ikki yilgacha
300 AQSH dollari
uch yilgacha
350 AQSH dollari
3. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni kirish vizasi amal qilishi muddatiga vaqtinchalik propiskadan oʻtkazganlik va vizaning amal qilish muddatiga vaqtinchalik propiskaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun: