1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmonini ijro etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 152 nafardan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2020-y., 07/20/4821/1271-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuzilmasi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5 va 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga:
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi tashkilotlar va muassasalar tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ularning boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish asosida milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bilim tarqatuvchi mutaxassis va trenerlarni tayyorlash uchun Toshkent davlat agrar universiteti hamda uning Nukus, Andijon va Termiz filiallari huzurida oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini, joylashtirilishini va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
4. Vazirlik:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda integratsiyalashgan elektron axborot ayirboshlash tizimi va portali, shuningdek, agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi va grant mablagʻlarini jalb etish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar respublika hududlarining ishlab chiqarish va investitsiya salohiyati, zaxira yerlari toʻgʻrisidagi axborotlar, statistik va gidrometeorologik maʼlumotlar, infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganligi hamda sohaga doir boshqa maʼlumotlardan iborat “invest.gov.uz/agro” Oʻzbekiston investitsiya portalida tegishli axborot bloki va uning mobil ilovasi yaratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
5. Belgilansinki, 2019-yil 1-maydan:
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirgan holda qoʻllaniladi;
hududiy boʻlinmalar xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,2 baravarga oshirgan holda qoʻllaniladi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.02.00 Intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlar]
6. Vazirlik bir oy muddatda:
a) Vazirlikning yangi tashkil etilgan tarkibiy va idoraviy boʻysunuvidagi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlasin;
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
b) xalqaro tashkilotlarning va xorijiy mamlakatlar moliyaviy muassasalarining texnik koʻmagi hamda grant mablagʻlarini jalb qilgan holda hududlarda agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tarmoqlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga doir “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
v) aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan Vazirlik, uning boʻlinmalari va ular rahbarlarining faoliyatini baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan qishloq xoʻjaligini strategik rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni koʻrsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.02.00 Intizom toʻgʻrisidagi ustav va nizomlar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 152 shtat birligi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
* Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
** Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtatlar birligiga kiritilmaydi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2020-y., 07/20/4821/1271-son)
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 47 nafar.
* 3 ta shtat birligi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son)
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 537 nafar, shu jumladan:
Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida — 47 nafar;
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida — 42 nafar.
* 3 ta shtat birligi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son)
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 7 — 13 nafar.
* 1 ta shtat birligi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son)
Tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari boshqaruv xodimlarining
CHEKLANGAN SONI
T/r
Tumanlar nomi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni (birlik)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Amudaryo
12
2.
Beruniy
11
3.
Toʻrtkoʻl
11
4.
Ellikqalʼa
11
5.
Xoʻjayli
11
6.
Shumanay
10
7.
Moʻynoq
9
8.
Nukus
10
9.
Taxtakoʻpir
9
10.
Taxiatosh
10
11.
Qoraoʻzak
10
12.
Qonlikoʻl
9
13.
Kegeyli
10
14.
Qoʻngʻirot
10
15.
Chimboy
10
Andijon viloyati
16.
Oltinkoʻl
11
17.
Andijon
12
18.
Baliqchi
12
19.
Boʻz
11
20.
Jalaquduq
12
21.
Izboskan
12
22.
Ulugʻnor
11
23.
Qoʻrgʻontepa
12
24.
Asaka
11
25.
Marhamat
11
26.
Shahrixon
11
27.
Paxtaobod
11
28.
Xoʻjaobod
11
29.
Buloqboshi
10
Buxoro viloyati
30.
Buxoro
13
31.
Vobkent
11
32.
Jondor
13
33.
Kogon
11
34.
Qorakoʻl
11
35.
Qorovulbozor
11
36.
Peshku
11
37.
Romitan
12
38.
Shofirkon
12
39.
Gʻijduvon
13
40.
Olot
11
Jizzax viloyati
41.
Arnasoy
12
42.
Baxmal
11
43.
Gʻallaorol
12
44.
Sharof Rashidov
11
45.
Doʻstlik
12
46.
Zomin
11
47.
Zarbdor
11
48.
Zafarobod
11
49.
Mirzachoʻl
12
50.
Paxtakor
11
51.
Forish
9
52.
Yangiobod
10
Qashqadaryo viloyati
53.
Gʻuzor
12
54.
Qarshi
12
55.
Dehqonobod
10
56.
Koson
12
57.
Kitob
12
58.
Qamashi
12
59.
Mirishkor
12
60.
Muborak
11
61.
Nishon
12
62.
Kasbi
12
63.
Chiroqchi
13
64.
Shahrisabz
13
65.
Yakkabogʻ
13
Navoiy viloyati
66.
Karmana
10
67.
Konimex
8
68.
Qiziltepa
10
69.
Navbahor
9
70.
Nurota
9
71.
Tomdi
7
72.
Uchquduq
7
73.
Xatirchi
11
Namangan viloyati
74.
Mingbuloq
13
75.
Kosonsoy
11
76.
Namangan
11
77.
Norin
11
78.
Pop
12
79.
Toʻraqoʻrgʻon
12
80.
Uychi
12
81.
Uchqoʻrgʻon
12
82.
Chortoq
11
83.
Chust
13
84.
Yangiqoʻrgʻon
12
Samarqand viloyati
85.
Bulungʻur
12
86.
Jomboy
13
87.
Ishtixon
11
88.
Kattaqoʻrgʻon
13
89.
Narpay
12
90.
Nurobod
12
91.
Oqdaryo
11
92.
Payariq
13
93.
Pastdargʻom
13
94.
Paxtachi
11
95.
Samarqand
12
96.
Tayloq
11
97.
Urgut
11
98.
Qoʻshrabot
10
Surxondaryo viloyati
99.
Denov
12
100.
Qiziriq
12
101.
Qumqoʻrgʻon
12
102.
Muzrabot
12
103.
Oltinsoy
11
104.
Uzun
11
105.
Jarqoʻrgʻon
12
106.
Angor
11
107.
Boysun
10
108.
Sariosiyo
12
109.
Termiz
11
110.
Sherobod
12
111.
Shoʻrchi
11
Sirdaryo viloyati
112.
Boyovut
12
113.
Guliston
11
114.
Mirzaobod
11
115.
Oqoltin
12
116.
Sardoba
11
117.
Sayxunobod
12
118.
Sirdaryo
12
119.
Xovos
11
Toshkent viloyati
120.
Oqqoʻrgʻon
12
121.
Bekobod
12
122.
Boʻka
12
123.
Quyichirchiq
12
124.
Pskent
12
125.
Oʻrtachirchiq
12
126.
Chinoz
11
127.
Yuqorichirchiq
12
128.
Ohangaron
11
129.
Boʻstonliq
11
130.
Zangiota
9
131.
Qibray
12
132.
Parkent
11
133.
Toshkent
11
134.
Yangiyoʻl
12
Fargʻona viloyati
135.
Beshariq
13
136.
Bagʻdod
13
137.
Buvayda
12
138.
Dangʻara
12
139.
Yozyovon
11
140.
Quva
13
141.
Oltiariq
12
142.
Qoʻshtepa
12
143.
Rishton
13
144.
Soʻx
10
145.
Toshloq
11
146.
Oʻzbekiston
13
147.
Uchkoʻprik
12
148.
Fargʻona
13
149.
Furqat
11
150.
Quvasoy sh.
12
Xorazm viloyati
151.
Bogʻot
11
152.
Gurlan
12
153.
Qoʻshkoʻpir
12
154.
Urganch
11
155.
Hazorasp
12
156.
Xonqa
12
157.
Xiva
11
158.
Shovot
11
159.
Yangiariq
11
160.
Yangibozor
11
Jami:
1 805
(5a-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son)