Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 18-son qarori (roʻyxat raqami 2513, 2013-yil 3-oktabr, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013y., 40-son, 536-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 113-bandi
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.