Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son
qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
a)
nomi va
1-bandning oʻzbek tilidagi matnida “posyolkalar” soʻzidan keyin “, qishloqlar” soʻzi qoʻshilsin;
b) 8-bandning
ikkinchi xatboshidagi “togʻli tumanlarda” soʻzlaridan keyin “hamda harbiy shaharchalarda” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.