1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada soʻnggi yillarda yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish boʻyicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan gʻoʻzapoya va qamish kabi mahalliy oʻsimliklarni qayta ishlash yoʻli bilan import oʻrnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar uchramoqda.
Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin boʻlgan qayta tiklanadigan va tez oʻsuvchi mahalliy oʻsimliklar xom ashyosidan keng foydalanishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.
Respublikada yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sohaga ilgʻor texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy xom ashyodan keng foydalangan holda chuqur qayta ishlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalarida tashkil qilish tavsiya etiladigan, qamish xom ashyosi mavjud boʻlgan hududlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda mavjud tabiiy qamishzorlar, ulardan foydalanish darajasi va qamishlarning oʻrib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, koʻchib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanish mumkin boʻlgan qamishzorlar maydonlarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qamishzorlar reyestri asosida yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishni taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda qamish xom ashyosi mavjud boʻlgan joylarni yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, faoliyat koʻrsatish davrida doimiy foydalanishga ajratib berilishini va qamish xom ashyosini oʻrib olishga ruxsat etilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qamish, gʻoʻzapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosini yetkazib berish hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
Respublikada qamish, gʻoʻzapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2019 — 2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish prognozlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati “formalin 37%” mahsulotini va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati “karbamid A” mahsulotini ishlab chiqarish boʻyicha tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “formalin 37%” mahsuloti boʻyicha va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “karbamid A” mahsuloti boʻyicha monopol yuqori narxlar qoʻllanilishining oldini olish boʻyicha doimiy ravishda monitoring olib borsin.
6. 2022-yil 1-yanvarga qadar yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan yogʻoch qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtlarni plantatsiya usulida yetishtirish uchun ball boniteti past boʻlgan yerlarning oʻrnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini taʼminlasin.
Bunda, yogʻochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yer maydonlarida terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtlar ekilgan qismiga yer soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta materiallar, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari roʻyxatidan 6-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Mazkur band 2019-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-aprel,
297-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga 1-ILOVA
Respublikada qamish xom-ashyosi mavjud boʻlgan hududlar hamda qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Hududlar nomi
(tumanlar nomi, MFY nomi)
Qamishzor maydoni, ga
Qamish oʻsimligining mavjud taxminiy yillik zaxirasi hajmi (tonna)
Qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonasi nomi
Respublika boʻyicha:
88 123
475 864
shu jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
64 623
348 964
1.
Moʻynoq tumani
50 359
271 939
Moʻynoq kichik sanoat zonasi
2.
Chimboy tumani
4 165
22 491
Chimboy kichik sanoat zonasi
3.
Kegayli tumani
7 800
42 120
4.
Boshqa tumanlarda jami
2 299
12 415
Surxondaryo viloyati
20 000
108 000
1.
Termiz tumani davlat chegarasi hududi boʻylab
6 500
35 100
Muzrabot kichik sanoat zonasi
2.
Muzrabot tumani davlat chegarasi hududi boʻylab
13 500
72 900
Buxoro viloyati
3 500
18 900
1.
Peshku tumani Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 1-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi
1 300
7 020
Buxoro shahar va Jondor kichik sanoat zonalari
2.
Peshku tumani Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 2-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi
1 100
5 940
3.
Peshku tumani Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 3-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi
100
540
4.
Qorakoʻl tumani “Katta Zamonbobo” koʻli atrofi
1 000
5 400
Izoh: Hisob-kitoblar asosida 1 gektar maydondan oʻrtacha 5,4 tonna qamish, 1 kub metr yogʻoch-qirindili plitalarni (DSP) ishlab chiqarish uchun 0,72 tonna qamish zarur boʻladi. Loyiha quvvati 30 ming kub metr boʻlgan korxona uchun bir yilga 21,6 ming tonna qamish xom-ashyosi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga 2-ILOVA
Respublikada qamish, gʻoʻzapoya va boshqa mahalliy oʻsimliklardan yogʻoch-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmlari
ming tonna
Mahsulot nomi
Yogʻoch-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosiga boʻlgan talab prognozi
2019-yilga
2020-yilga
2021-yilga
Formalin 37%
7,5
21,0
24,0
Karbamid A
4,3
12,3
22,6
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga 3-ILOVA
Respublikada qamish, gʻoʻzapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish boʻyicha 2019-2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish