1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — FNQIZ) modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hisobiga neft-gaz tarmogʻining barqaror rivojlanishini taʼminlash, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning FNQIZ ustav kapitalidagi “Oʻzneftmahsulot” AJning 100 foiz ulushini “Oʻzneftmahsulot” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda ushbu beriladigan ulushning balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga Agentlikka berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
2. Quyidagilar:
Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “RT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasi bilan (keyingi oʻrinlarda — investor) Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va toʻliq quvvat bilan ishlashini taʼminlash boʻyicha investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgani;
investor FNQIZga egalik qilish, uni modernizatsiya qilish va uning ishlab chiqarish quvvatlari toʻliq ishlashini taʼminlagan holda keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat boʻlgan konsorsium tashkil etishni rejalashtirgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda FNQIZ ustav kapitalidagi davlat ulushini investorga sotish boʻyicha asosiy shartlarni (keyingi oʻrinlarda — asosiy shartlar), investorning loyihani amalga oshirish, shu jumladan tashqi moliyalashtirishni jalb etish boʻyicha majburiyatlari va masʼuliyatini belgilashni koʻzda tutgan holda tasdiqlasin.
Agentlik FNQIZ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni sotish boʻyicha kelishuvning dastlabki sotib olish toʻlovi 16 000 000 (oʻn olti million) AQSH dollari miqdorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy shartlarga muvofiq investor bilan tuzilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
4. Belgilab qoʻyilsinki:
investor FNQIZga egalik qilish huquqini olgandan soʻng oʻn toʻrt oy davomida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari FNQIZni investorga sotishgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldida FNQIZ qarzdorligi mavjudligi munosabati bilan uning bank hisobvaraqlariga qoʻyiladigan talablarni qanoatlantirish uchun FNQIZ bank hisobvaraqlariga joriy etilmaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.
FNQIZga qoʻllaniladigan imtiyozlar, yengilliklar va subsidiyalar, ushbu qaror qabul qilingan sanaga qadar FNQIZga taqdim etilgan barcha litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar oʻz taʼsir kuchini saqlab qoladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi]
5. 2021-yil 1-aprelga qadar FNQIZ tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, texnika, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, asboblar, texnologik jihozlar, priborlar, dasturiy taʼminot, texnik hujjatlar va sarf materiallari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.10.00 Axborot va axborotlashtirish sohasidagi hamkorlik]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi FNQIZ va investor buyurtmanomalariga koʻra pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga loyihani amalga oshirish doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat bersin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi FNQIZ va investor buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi FNQIZ buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga kirish vizalari berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilinishi hamda muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi FNQIZ buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV