Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning
42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.
Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin.”.
2. Mazkur buyruq Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.