toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2908-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-sonli “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3303, 12.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3450-son “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-iyuldagi 97-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2908, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 765-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasining Tor ixtisosliklar turlari boʻlimi Tibbiy-profilaktika ishi yoʻnalishi bobi quyidagi mazmundagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:

1081.

Tibbiy buyumlar sterelizatsiyasi

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-mart,
72-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2019-yil 13-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 14-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2908-2/2887-son)