Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 789-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh va 30-son qarori (roʻyxat raqami 2691, 2015-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 346-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5 va
11-bandlardagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
12-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
14-banddagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
17-banddagi “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 18-bandning
ikkinchi xatboshisi “5 — 9-sinflar uchun 10 soatni” degan soʻzlardan keyin “, 10-11-sinflar uchun 12 soatni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 28-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.