Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 9-noyabrdagi 85-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2844, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 554-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining
milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 8-bandning
ikkinchi xatboshisidan “, berilgan litsenziyaga muvofiq auditorlik tekshiruvini oʻtkazish turi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar hamda bankrotlik alomatlari boʻlganda majburiyatlarni qaytara olish koeffitsiyent koʻrsatkichlari tahlili;”.