toggle_night_mode
Hujjat 01.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport vositalarini majburiy tarzda texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalarining texnik holatini aniqlash yuzasidan majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini yanada oshirish, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) oxirgi 3 yil davomida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarini yalpi xatlovdan oʻtkazilishini uch oy muddatda taʼminlasin;
b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019-yil 1-iyunga qadar shakllantirsin;
belgilangan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019-yil 1-iyulga qadar amaliyotga joriy qilsin;
v) Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida haftaning har juma kuni oʻtkaziladigan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” doirasida:
mazkur qarorning mohiyati va ahamiyati hamda avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi majburiyligi va muhimligini;
utilizatsiya yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlib sotish uchun hisobdan chiqarilayotgan foydalanilmayotgan avtomototransport vositalarining egalari, ularni oʻz vaqtida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim etmaganliklari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmasliklari keng yoritilishini taʼminlasinlar;
g) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
272-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 272-son qaroriga
ILOVA
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, jismoniy shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi va mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizom yuridik shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish uchun tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
2-bob. Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish
3. DYHXX organlari tomonidan oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrikning umumlashtirilgan yakuniy natijalariga koʻra hisobot yilida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilishi belgilangan, biroq texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari roʻyxati hisobot yilining 10-noyabrigacha elektron va bosma shakllarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tuziladi.
Bunday avtomototrasport vositalarining roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda DYHXX hududiy organi deb ataladi) tomonidan tuman (shahar) boʻyicha tuziladi.
4. DYHXX hududiy organi rahbari tomonidan hisobot yilining 20-noyabriga qadar majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari egalariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq bildirishnomalar yuboriladi.
Bildirishnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
belgilangan muddatda texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototrasport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi;
avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishning majburiyligi va muhimligi;
texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori;
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
avtomototransport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish mumkin boʻlmagan taqdirda avtomototransport vositasi egasining yoki vakolatli shaxsning majburiyatlari;
avtomototransport vositalarining texnik koʻrigi oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Hisobot yilining 1-dekabriga qadar oxirgi uch yil davomida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining roʻyxati DYHXX hududiy organlari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi.
3-bob. Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining holatini aniqlash, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi
6. Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining tasdiqlangan roʻyxati nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan roʻyxatga kiritilgan avtomototransport vositalarining hududiyligi boʻyicha ichki ishlar tuman (shahar) boshqarma (boʻlim)lariga yuboriladi.
7. Ichki ishlar organlarining tuman (shahar) boshqarma (boʻlim)lari tomonidan hisobot yilining 31-dekabriga qadar oxirgi uch yil davomida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining tasdiqlangan roʻyxatiga asosan:
roʻyxatga kiritilgan avtomototransport vositalarining ichki ishlar organlari tayanch punktlari boʻyicha roʻyxatlari ishlab chiqiladi;
hududida roʻyxatda turgan va oxirgi uch yil davomida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari egalarining turar joy manzili boʻyicha, fuqarolarning turar joy daxlsizligini buzmagan holda, ularning roziligi bilan inventarizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Inventarizatsiya jarayoni hududiy ichki ishlar organlari boshligʻining buyrugʻi asosida DYHXX xodimlari hamda profilaktika inspektoridan iborat tarkibda tuziladigan guruh tomonidan amalga oshiriladi. Profilaktika inspektori guruh rahbari hisoblanadi. Guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Inventarizatsiya jarayoniga, zaruratdan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlarining yongʻin xavfsizligi va boshqa xizmatlari, shuningdek, shu hudud fuqarolar yigʻinlari faollari (vakillari) va hududiy nodavlat tashkilotlari vakillari ham jalb etilishi mumkin.
8. Inventarizatsiya jarayonida:
avtomototransport vositasining egasi mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq bildirishnomadagi maʼlumotlar bilan tanishtiriladi, zarur holatlarda, profilaktik tushuntirish ishlari oʻtkaziladi;
avtomototransport vositasi egasi (yoki uning qarindoshi, vakolatli vakili)ning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati, roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomasi (texnik pasporti)ning amalda mavjudligi, butligi, texnik holati va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari koʻzdan kechiriladi;
koʻzdan kechirilayotgan avtomototransport vositasi bilan bogʻliq yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlansa, ushbu holat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida nizom.
avtomototransport vositasi mavjud boʻlmasa, uning qayerda va qanday asosga koʻra foydalanilayotganligi yoki saqlanayotganligi, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligining sabablari aniqlanadi.
Ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada koʻzdan kechirilgan avtomototransport vositasining texnik holati toʻliq aks ettiriladi.
Avtomototransport vositasining holati yuzasidan tuzilgan dalolatnoma guruh aʼzolari, avtomototransport vositasining egasi (yoki uning qarindoshi, vakolatli vakili) va xolislar tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma har bir avtomototransport vositasi uchun alohida tuziladi.
9. Inventarizatsiya natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarning nusxalari DYHXX organining avtomototransport vositasi hisobda turgan tegishli roʻyxatga olish-imtihondan oʻtkazish boʻlim (boʻlinma)lariga va DYHXX hududiy organiga yuboriladi, bir nusxasi avtomototransport vositasining egasiga beriladi.
10. Inventarizatsiya natijasidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositasining egasiga:
kelgusida avtomototransport vositasidan foydalanmoqchi boʻlgan taqdirda, uni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish;
davlat raqami belgisi va (yoki) avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi yoʻqotilganligi aniqlanganda, yangi davlat raqami belgisi va (yoki) roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi olish;
avtomototransport vositasi belgilangan tartibda kelgusida foydalanishga yaroqsiz deb hisoblanganda, bir oy muddatda uni taʼmirlab, foydalanishga yaroqli holga keltirib majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarish haqida xabarnoma yuboriladi.
11. Inventarizatsiya natijasi yoki oʻz xohishiga koʻra mulkdor oʻziga tegishli avtomototransport vositasini qismlarga boʻlingan holda sotish yoki utilizatsiyaga topshirish uchun DYHXX organlariga hisobdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilib, avtomototransport vositasining davlat raqami belgisi yoki roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, shuningdek, avtomototransport vositasining davlat raqami belgisi yoki roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi yoʻqotilganligi natijasida taqdim etilmagan yoki yaroqsiz holda taqdim etilganda ham avtomototransport vositasi 1 ish kunida hisobdan chiqariladi.
12. Belgilangan tartibda foydalanishga yaroqsiz deb hisoblangan avtomototransport vositalarining egalari xabarnoma yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida avtomototransport vositalari DYHXX organlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etmagan taqdirda, avtomototransport vositasi DYHXX hududiy organi boshligʻi qaroriga asosan hisobdan chiqariladi va bu haqda 3 ish kunida avtomototransport vositasining egasiga yozma tartibda xabardor qilinib, qabul qilingan qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Tegishliligidan qatʼi nazar, qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etilishi taqiqlangan yoki xatlab qoʻyilgan barcha avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
DYHXX hududiy organi boshligʻi qaroriga koʻra majburiy hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom talablari asosida qayta hisobga qoʻyilishi mumkin. Bunda avtomototransport vositasini ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlash va yigʻish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsat asosida amalga oshiriladi.
13. DYHXX hududiy organi boshligʻining qaroriga koʻra hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositalarining alohida roʻyxati yuritiladi.
14. Belgilangan tartibda foydalanishga yaroqsiz deb hisoblangan, mulkdorning xohishiga koʻra utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish jarayonida mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasining davlat raqami belgilari yoki roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi yoʻqolganligi, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun jarimaga tortilmaydi.
Bunda mulkdor yoʻqolgan davlat raqami belgilari yoki roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi topilgan taqdirda ularni hududiy DYHXXga topshirish hamda ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 125-moddasi.
Avtomototransport vositasining egasiga belgilangan tartibda avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqli boʻlgan qismlari va raqamli agregatlarini realizatsiya qilish uchun yoki hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnoma beriladi.
15. Avtomototransport vositalarining davlat raqami belgisi yoki roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi yoʻqolganligi holatlari boʻyicha DYHXX organlari tomonidan ularni qidirish harakatlari amalga oshiriladi.
16. Avtomototransport vositalarini utilizatsiyaga qabul qilish “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tartib asosida “Oʻzmetkombinat” AJning hududiy korxonalari yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi boʻyicha
SXEMA
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎___________________ tumani (shahri) hududida _______ yilda majburiy texnik koʻrikka taqdim etilishi belgilangan, biroq texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari
‎ROʻYXATI

T/r‎‎

Avtomototransport vositasi egasining F.I.O.‎‎

‎‎Roʻyxat manzili

Rusumi

Turi

Davlat raqami belgisi‎‎

Ishlab chiqarilgan yili‎‎

Kuzov №

Dvigatel № ‎‎

Shassi № ‎‎

Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilishi belgilangan vaqt

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

______________ tumani (shahri) IIB YHXB boshligʻi

___________‎‎

________________________‎‎

‎‎imzo

‎‎‎F.I.O.

‎‎20__ yil “___”___________
Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Avtomototransport vositasi majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmaganligi yuzasidan
‎BILDIRISHNOMA

‎‎Sizga tegishli boʻlgan “_______” rusumli, _______ davlat raqami belgisi boʻlgan transport vositasi _____ yil hisobidan majburiy texnik koʻrikka belgilangan muddatda taqdim etilmadi.

‎‎‎‎“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (17-modda) muvofiq yoʻl harakatida foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishda boʻlgan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.‎‎

‎‎Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda transport vositalarining texnik holati va uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligi texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash, transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish, yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish maqsadida oʻtkaziladi.

‎‎Sizga tegishli boʻlgan “_______” rusumli, _______ davlat raqami belgisi boʻlgan transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻim miqdori _______ soʻm.

‎‎Ushbu transport vositasini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun uni quyidagi hujjatlar bilan birgalikda koʻrikka taqdim etishingiz soʻraladi:

‎‎mazkur transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

‎‎transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

‎‎gaz yonilgʻisida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga oʻrnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.

‎‎Transport vositasini texnik koʻrikka ______ kuni quyidagi manzilga taqdim etishingiz soʻraladi ___________________ ____________________________________

Agar transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish imkoni boʻlmasa DYHXXning hududiy organiga yozma ariza bilan murojaat qilishingiz va quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz soʻraladi:

‎‎pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnoma; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari — tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar — ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);

‎‎ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

‎‎transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

‎‎agar transport vositasi gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan boʻlsa:

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;

‎‎sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi.

‎‎TXS va Subyektning transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi — shunday maʼlumotnoma boʻlganda.

‎‎____________ tumani (shahri) IIB
‎YHXB(G) boshligʻi (katta inspektori)

___________________
‎(imzo)

‎‎__________________________
‎(F.I.O.)

Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

‎‎__________________ YHXB boshligʻi

‎‎(IIV, IIBB, IIB)

‎‎_______________________________
‎unvoni, F.I.O.

_______________________________
(‎imzo, muhr)

‎‎20___ yil “_____”___________

‎‎_________________ tumani (shahri) hududida _______ yillar davomida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari
‎ROʻYXATI

T/r‎‎

Avtomototransport vositasi egasining F.I.O.‎‎

‎‎Roʻyxat manzili

Rusumi

Turi

Davlat raqami belgisi‎‎

Ishlab chiqarilgan yili‎‎

Kuzov №

Dvigatel № ‎‎

Shassi № ‎‎

Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilishi belgilangan vaqt

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎“TUZDI”

“MAʼLUMOTLAR TEKSHIRILDI”

_________________ YHXB boshligʻi* (tuman-shahar IIB) ‎‎____________ YHXB ROIOʻB boshligʻi (IIV-IIBB-IIB)

‎‎_______________________________
‎unvoni, F.I.O. _______________________________
‎(‎imzo)

‎‎_______________________________
‎unvoni, F.I.O. _______________________________
‎(imzo)

‎‎‎‎20___ yil “_____”_____________ 20___ yil “_____”_____________ ‎ ‎‎

* Toshkent shahri hududi boʻyicha mazkur roʻyxat Toshkent shahar IIBB YHXB Texnika nazorati boʻlimi tomonidan tuziladi va uning boshligʻi tomonidan imzolanadi.

Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Oxirgi uch yil davomida majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan
‎avtomototransport vositasini egasining turar joy manzili boʻyicha
‎oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari
‎DALOLATNOMASI

‎‎Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” _______________
‎‎Biz, ___________________________________________________________________________________________________

(ichki ishlar organi tayanch punkti huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha (katta) inspektori, ‎‎

_______________________________________________________________________________________________________

fuqarolar yigʻini vakili, holislar yoki boshqa mansabdor shaxaslarning F.I.O.)

‎‎tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazildi.

‎‎1. Transport vositasining markasi, modeli
‎__________________________________________________

6. Shassi (rama) raqami________________________________‎‎
‎‎2. Turi ____________________________________________ 7. Dvigatel raqami __________________________________‎‎
3. Rangi ___________________________________________ 8. Kuzovning raqami _________________________________‎‎
‎‎4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________________

9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport)ning seriyasi va raqami) ‎______________________________
‎__________________________________________________‎‎

5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi _________________________________________________________________
‎‎10. Transport vositasining tegishliligi ____________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi, yakka tartibda egalik qiluvchining F.I.O.)

‎‎11. Turgan joyi (yashash joyi) ______________________________________________________________________________

‎‎12. Quyidagi kamchiliklar aniqlandi ________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

‎‎13. Inventarizatsiya natijalari boʻyicha tavsiyalar ______________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(Majburiy texnik koʻrikka taqdim etish, hisobdan chiqarish, utilizatsiyaga topshirish yoki qismlarini realizatsiyaga qaratish)

Dalolatnoma tuzuvchilar:

____________________ IIB

_________________________

___________________‎‎

______________‎‎

‎‎

________________________ (tuman, shahar

(IIO TP nomi)‎‎

‎‎(lavozimi)

(imzosi)‎‎

(F.I.O.)‎

‎‎_________________________________ fuqarolar yigʻini‎‎

___________________‎‎

______________‎‎

‎‎_________________________ (F.Y. nomi)

‎‎(lavozimi)

(imzosi)‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎Xolis:

___________________________________
‎ (yashash manzili)

___________________
‎‎‎(imzosi)

______________
‎(F.I.O.)

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim: Avtomototrasport vositasi egasi

___________________
‎(imzosi)

______________
‎(F.I.O.)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/272/2863-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)