1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining koʻmirga ortib borayotgan ehtiyojini, jumladan, “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va “Shargʻun” shaxtasida toshkoʻmir qazib olishni yiliga 900 ming tonnagacha oshirish orqali taʼminlash maqsadida:
“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 4-iyuldagi F-4668-sonli farmoyishiga muvofiq amalga oshirilmoqda;
“Shargʻunkoʻmir” AJ tomonidan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra, “tayyor holda topshirish” sharti bilan Xitoyning “China Railway Group So. Ltd” (konsorsium yetakchisi) va “China Coak Techology & Engineering Group Copr” (keyingi oʻrinlarda konsorsium deb ataladi) kompaniyalari bilan umumiy qiymati 94,5 million AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihasini amalga oshirish va uni 2020-yilning I choragida ishga tushirish boʻyicha shartnoma tuzildi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
XXR Eksimbankining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan va 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli muddatga ajratiladigan, yillik foiz stavkasi 3 foiz boʻlgan, jumladan, qayta moliyalashtiradigan bank marjasi yillik 1,0 foizni tashkil qiladigan 89,8 million AQSH dollari miqdoridagi qarzi;
“Shargʻunkoʻmir” AJning 15,3 million AQSH dollariga teng oʻz mablagʻlari “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarga ega “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbankining “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Oʻzbekenergo” AJ qarz oluvchi, “Shargʻunkoʻmir” AJ birgalikda esa qarz oluvchi va zayomdan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida XXR Eksimbankining jalb etiladigan va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan zayomini qaytarish hamda xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan alohida zayom bitimi va “Oʻzbekenergo” hamda “Shargʻunkoʻmir” AJ bilan XXR Eksimbanki zayomini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomalari tuzsin.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga — XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Oʻzbekenergo” va “Shargʻunkoʻmir” AJning toʻlov majburiyatlariga doir davlat kafolatlarini toʻlov undirmasdan berish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi XXR Eksimbanki bilan alohida zayom shartnomasida nazarda tutilgan shaklda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va XXR Eksimbanki oʻrtasidagi zayom shartnomasiga oid davlat kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibdagi huquqiy xulosani bersin.
8. “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida istisno tariqasida:
konsorsium bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
loyiha yechimlarining obyektlardan ishonchli va xavfsiz foydalanish, shuningdek, kuzatuv va texnik nazorat boʻyicha talablarga mos kelishini aniqlash uchun tender savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida mustaqil xalqaro maslahatchilarni jalb etishga ruxsat berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi investitsiya loyihasining loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. Belgilansinki, “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida va shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddatiga amal qilish davrida:
“Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ konsorsium va ularning subpudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, jumladan, “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiradigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlar, priborlar, dasturiy taʼminot, texnik hujjatlar. shuningdek, yoqilgʻi-moylash materiallari, portlovchi moddalar hamda metall prokati bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
mahalliy yetkazib beruvchilar va subpudratchilar konsorsiumga sotadigan tovarlarga (ishlar, xizmatlar) ular Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi tashqarisiga olib chiqilmagan taqdirda qoʻshilgan qiymat soligʻi “nul” stavka boʻyicha solinadi.
11. “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida:
“Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bajaradigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
konsorsium, subpudratchi tashkilotlar va mustaqil xalqaro maslahatchilar Oʻzbekiston Respublikasining doimiy muassasa orqali faoliyat koʻrsatadigan norezidentlari toʻlaydigan soliqlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbai boʻlgan daromadlardan olinadigan jismoniy shaxslar daromad soligʻidan;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslar-norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi xududida undiriladigai jismoniy shaxslar daromadi soligʻidan;
“Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ, konsorsium va ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash hamda sertifikatlashda undiriladigan yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlardan;
respublikada tegishli ravishda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyalari boʻlmagan hollarda, olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, priborlar istisno tariqasida majburiy sertifikatlash tartib-taomilidan;
konsorsium, uning subpudratchi tashkilotlari va transport kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun undiriladigan yigʻimlar, shuningdek, umumiy foydalanish yoʻllaridan ogʻir va yirik avtomobil vositalarining oʻtishi uchun toʻlovlardan ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari konsorsium hamda u jalb qiladigan loyiha, injiniring va subpudrat tashkilotlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihalashtirish, qurish, xizmatlar koʻrsatish uchun tegishli litsenziyalar hamda ruxsatnomalar, shuningdek, olib kiriladigan va majburiy sertifikatlashtiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar hamda asbob-uskunalar, maxsus transport vositalariga muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlasin.
13. “Oʻzmetkombinat”, “Oʻzqurilishmateriallari” va “Oʻzbekenergo AJ, “Oʻzmaxsusimpeks” DK, “Navoiy KMK” DK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ buyurtmanomalari boʻyicha konsorsiumga belgilangan narxlarda metall prokati, sement, elektr energiyasi, portlovchi moddalar va materiallar ajratilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida konsorsiumga ajratiladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan metall prokati, sement, elektr energiyasi, portlovchi moddalar va materiallar uchun xorijiy valyutada belgilangan narxlarni tasdiqlasin.
14. Konsorsiumga “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni xorijiy valyutada toʻlash huquqi berilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi belgilangan tartibda “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda, koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyilishini va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini;
portlovchi moddalar va materiallarni yoʻlda qurolli qoʻriqlash va kuzatib borishni tashkil etish, shuningdek, portlovchi moddalar hamda materiallarni tashishga jalb qilinadigan maxsus jihozlangan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishni taʼminlasin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-yanvar,
PQ-2727-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-son qaroriga 1-ILOVA
“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik hajmi
toshkoʻmir ― 900 ming tonna
moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi
nazarda tutilmaydi
5.
Band boʻladiganlarning moʻljallanayotgan soni
1 015 nafar
6.
Loyihani qoplashning hisob-kitob qilingan muddati
chegirmalanmagan
9,6 yil
chegirmalangan (10 foiz diskont)
14,7 yil
7.
Investitsiya davrining davomiyligi
38 oy
8.
Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati
104 923,2 ming dollar ekv.
9.
Kredit va boshqa qarz mablagʻlarining taqdim etish muddati
XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga beriladigan 89 775,0 ming dollar miqdoridagi qarz mablagʻlari
* Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar haqiqiy olingan qarzning qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-son qaroriga 2-ILOVA
XXR Eksimbankining investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning