

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4258312" id="onLBC-4258312">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4258312" id="onLS-4258312">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS3702"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4259366" id="-4259366">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4259367" id="-4259367">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4259368" id="-4259368">Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultetni tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4259371" id="-4259371"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259387" id="-4259387">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son <a href="/mact/-3171590">qaroriga </a>muvofiq hamda tibbiyot oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xamkorlikda fakultetlar tashkil etish va yuqori malakali, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259392" id="-4259392">1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda magistratura va klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishlarida xalqaro fakultet (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259394" id="-4259394">2. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259397" id="-4259397">respublika iqtisodiyotining real sektori tarmogʻi uchun muhim ilmiy-texnik vazifalarni hal qilishga qodir boʻlgan tor doiradagi yuqori malakali mutaxassislarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni magistratura va klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishlarida xalqaro standartlar darajasida tayyorlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259400" id="-4259400">Orolboʻyi mintaqasidagi kasalliklarning barvaqt profilaktikasi, yuqori texnologiyali davolash usullarini qoʻllash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va atrof muhitning inson salomatligiga taʼsirini oʻrganish sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259406" id="-4259406">mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259415" id="-4259415">taʼlim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish tarmoqlari va biznes-hamjamiyatlar bilan uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259419" id="-4259419">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259424" id="-4259424">fakultet kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda taʼlimning asosiy mutaxassisliklari boʻyicha magistr, tayanch doktorant (PhD) va klinik ordinatorlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259426" id="-4259426">fakultetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida rus va ingliz tillarida, kunduzgi taʼlim shaklida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan holda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universitetida qabul qilingan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259430" id="-4259430">fakultetning magistratura va klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishlariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishuv asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259451" id="-4259451">fakultetga talabalikka qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishuv asosida belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259455" id="-4259455">fakultet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida hamda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universitetida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan, oʻzaro kelishuv asosida belgilangan namunadagi diplom beriladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5959064" id="edi-5959064"><a href="/mact/-4258312?ONDATE=27.03.2019 00#-4259459">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5959064" id="-5959064"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5959069" id="-5959069">fakultet faoliyatini moliyalashtirish filialga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5959081" id="-5959081">(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939622">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259462" id="-4259462">4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hamda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan kelishgan holda 2019-yil 1-sentabrga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259464" id="-4259464">fakultetga filial hududidagi binolardan mos joy ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259465" id="-4259465">Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda magistratura va klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv dasturlarini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259468" id="-4259468">fakultetda faoliyat olib boradigan professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar tarkibini yuqori malakali mahalliy va xorijiy ilmiy-pedagog kadrlar hisobidan toʻldirish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259471" id="-4259471">5. Belgilansinki, fakultetning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari xarid qilish) ishlari uchun filialning budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259474" id="-4259474">6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmalariga binoan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda Toshkent shahridagi I. Karimov nomidagi xalqaro aeroportda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4259476" id="-4259476">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4259479" id="-4259479">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4259491" id="-4259491">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4259494" id="-4259494">2019-yil 26-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4259497" id="-4259497">253-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4259369" id="-4259369">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/253/2842-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
