Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 27-yanvardagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1220, 2003-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (80-son AFMS) “Maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisoboti”ning 6-bandi
“j” kichik bandidan “, shuningdek auditorlik tashkilotining muhri (muhr boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.