Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-iyulda 60-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Audit milliy standarti (16-son AMS) “Ekspert ishidan foydalanish”ning (roʻyxat raqami 816, 1999-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son) 19.3-bandi
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.