Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 14-fevraldagi 19-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1017, 2001-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 5-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari”ning
15-bandidan “va muhr bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.