Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2004-yil 3-iyundagi 83-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1382, 2004-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son,312-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
3.
34-banddan “va muhrlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Kun, yil, deklaratsiyaning tartib raqami va tamgʻaning tartib raqami yoziladi;”.
“g) 26-“Yuk joʻnatuvchining imzosi” ustunida yukni joʻnatuvchi oʻzi tomonidan yoʻl varaqasi toʻgʻri toʻldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi.”.