Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2003-yil 1-avgustdagi 108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1282, 2003-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 19-20-son) bilan tasdiqlangan Chipta-hisob va yoʻl varaqasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaning 3-son
ilovasidan “MOʻ (muhr mavjudligida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.