Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi tomonidan 2000-yil 30-noyabrda 01/960-son (roʻyxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari 80-bandining
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.