1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-noyabrdagi PQ-4039-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-mart,
215-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasidagi mukammalligi I, II va III klass, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi III klassdan past boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlari — gidrotexnika inshootlari xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) boʻysunadi va hisobot beradi.
4. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimiga “Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” davlat unitar korxonasi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda davlat nazoratini olib boradigan hududiy inspektorlar kiradi.
5. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega.
8. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy, 100200 (pochta) manzilida joylashgan.
2-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini taʼminlash;
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati;
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish.
10. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini taʼminlash sohasida:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini hamda bexatar ishlashini ekspertizadan oʻtkazadi;
gidrotexnika inshootlarining holatini va ularning xavfsizlik deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini kuzatishni, naturada kuzatishni va diagnostikasini amalga oshiradi;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining texnik jihatdan ishonchliligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishlarida ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
b) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati yuzasidan:
gidrotexnika inshootlarini joylashtirishda, ularni loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, qurish sifatini nazorat qilishda, foydalanishga qabul qilishda, shuningdek, foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalari va mezonlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
v) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish sohasida:
xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;
vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohil boʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zonalar va chiziqlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi qonunchilikka asosan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
11. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, oʻziga boʻysunuvchi hududiy inspektorlar orqali hal qiladi.
3-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining huquqlari va majburiyatlari
12. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
gidrotexnika inshootlariga belgilangan tartibda kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va texnik nazoratini tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
oʻz vakolati doirasida, qonunchilikda belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning texnik va xavfsizlik holati boʻyicha nazorat oʻrnatilganligini tekshirish;
gidrotexnika inshootlarining holati, ulardan foydalanish va xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan vazirliklar va idoralarning, shuningdek, tashkilotlar rahbarlarining axboroti, maʼruza va maʼlumotlarini eshitish;
tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan gidrotexnika inshootlari texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha normativ hujjatlar, tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilish va olish, zaruriyat boʻlganda, vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etish;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish, shuningdek, gidrotexnika inshootlari xavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda xavfliligi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish yoxud daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlarida xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar faoliyatini, agar mazkur faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, belgilangan tartibda taqiqlash yoki cheklash;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
14. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari va uning hududiy inspektorlari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
4-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
15. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha:
boshliq — vazirning birinchi oʻrinbosariga;
boshliq oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga;
katta mutaxassislar — vazirlikning boshqarma boshligʻiga;
mutaxassislar — vazirlikning boʻlim boshligʻiga;
hududiy inspektorlar — viloyatlar hokimliklarining tegishli mustaqil boʻlimlari rahbarlariga;
hududiy boʻlinmalarning yetakchi mutaxassislari — mustaqil boshqarmalar va viloyatlar hokimliklarining boʻlimlari yetakchi mutaxassislariga tenglashtiriladi.
16. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi:
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda qoʻyilgan vazifa va xizmatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasida ijro intizomining holati yuzasidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosarining va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, vazifalarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalarning inspektorlarini va yetakchi mutaxassislarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
oʻz vakolati doirasida “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimidagi xodimlarning bajarishi majbur boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
sohaga koʻra oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlikning hayʼat majlislarida belgilangan tartibda qatnashadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasida yirik gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassislardan iborat boʻlgan Ekspert kengashi tuziladi.
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Ekspert kengashi raisi hisoblanadi.
Ekspert kengashining nizomi va tarkibi Vazir bilan kelishiladi.
Ekspert kengashi gidrotexnika inshootlaridan bexatar foydalanish va ularning ishonchli ishlashining eng muhim masalalarini koʻrib chiqadi, gidrotexnika inshootlarining barqaror va bexatar ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasi natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Ekspert kengashining qarorlari “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tashkilotlarning manfaatlariga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Ekspert kengashi majlislariga ularning vakillari taklif etiladi.
18. “Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini diagnostika, kuzatuv, naturada kuzatuv ishlarini amalga oshiradi va kadastrlarni yuritish ishlarini, shuningdek, xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasini amalga oshiradi.
Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining ustaviga, oʻz nomi yozilgan muhrga va bankda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Markazining ustavi va shtat jadvali “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Markaz rahbari “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Markazni moliyalashtirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va boshqa buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar hamda qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
19. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi inspektorlari oʻz faoliyatlarini joylarda gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha inspeksiya tomonidan tasdiqlangan tadbirlar, buyruq va koʻrsatmalar asosida amalga oshiradilar.
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
20. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminoti, tizim xodimlari mehnatiga haq toʻlash respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
21. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidrotexnika inshootlari davlat kadastri boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa vakolatli organlar”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-maydagi 92-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “yoʻnaltiriladi” soʻzi “hamda tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-martdagi 88-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 20-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “Suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 88-son qarori 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasining
TARKIBI
Xamrayev Sh.R.
—
Suv xoʻjaligi vaziri, milliy qoʻmita raisi
Ernazarov N.Sh.
—
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi, milliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Turgunov D.A.
—
“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Zokirov B.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
Moʻminov A.A.
—
Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
Maxmudov I.E.
—
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b.
Axmedov A.I.
—
“Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatining direktori
Najimov M.F.
—
“Oʻzsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyatining direktori
Yusupov B.A.
—
“UzGIP” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari
Yestifeyeva A.G.
—
“Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatining loyiha bosh muhandisi
Durmatov J.R.
—
Suv xoʻjaligi vazirligining Irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boshqarmasi boshligʻi
Muradkabilov V.A.
—
Qurilish vazirligining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi davlat unitar korxonasi bosh direktori
Primov Sh.A.
—
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining “Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” DUK boshligʻi
Xasanov B.B.
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani
Bakiyev M.R.
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor
Toshxoʻjayev A.U.
—
Toshkent arxitektura-qurilish institutining kafedra mudiri
Irisboyev Z.A.
—
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari — milliy qoʻmita kotibi
Izoh. Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, milliy qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.”
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 15-bandi 17-kichik bandidagi “Favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “Suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 166-modda):
a) qarorning nomidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi va xavfsiz ishlashini,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“k” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “gidrotexnik inshootlardan xavfsiz foydalanish,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 12-son, 297-modda):
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandiga “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va” soʻzlari qoʻshilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-iyuldagi 500-son qarorida:
a) 2-banddagi “hisobidan” soʻzidan keyin “markazlashtirilgan tartibda” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Qirgʻoqlarni himoya qiluvchi dambalar va oʻzanlarni” soʻzlari “Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bobga quyidagi mazmundagi 31 va 32-paragraflar qoʻshilsin:
“§ 31. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining vazifa va funksiyalari
141. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Vazirlikning magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga yuklagan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirish;
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
3) suv xoʻjaligi tizimini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv xoʻjaligi siyosatini amalga oshirish;
4) magistral kanalga qarashli barcha suv hoʻjaligi obyektlarida suv resurslarini oqilona boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish, magistral kanal boʻyicha suvni boshqarishning belgilangan tartibiga rioya qilish, magistral kanal va gidrotexnika inshootlarining texnik xavfsizligini hamda ishonchli foydalanishni taʼminlash;
5) suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, magistral kanal va gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda zamonaviylashtirish choralarini koʻrish.
142. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) suv resurslarini boshqarish va belgilangan suv olish limitlariga muvofiq irrigatsiya tizimi boshqarmalariga hamda boshqa alohida suv xoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlariga suv yetkazib berishni taʼminlash;
2) irrigatsiya tizimi boshqarmalari va alohida suv xoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlar bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish, tizimdagi nasos stansiyalar va agregatlarning ish rejimini kelishish;
3) suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmalari joriy etilishini taʼminlash;
4) magistral kanal boʻyicha suvdan foydalanishning hisobini va hisobotini yuritish;
5) magistral kanalni tezkor ishlatish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etish;
6) suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etish hamda ularni takomillashtirish.
§ 32. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining vazifa va funksiyalari
143. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Vazirlikning irrigatsiya tizimi boshqarmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarini samarali amalga oshirish;
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
3) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda suvdan foydalanish tartibiga rioya etilishini taʼminlash;
4) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslarini oqilona boshqarish;
5) irrigatsiya tizimi va gidrotexnika inshootlarini texnik xavfsizligi va ishonchli foydalanishni taʼminlash;
6) suvdan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotni olib borish;
7) suv resurslarini iqtisod qiluvchi texnologiyalarni qoʻllash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va ajratilgan mablagʻlardan, moddiy texnika resurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli foydalanish.
144. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslarini oqilona boshqarish;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan irrigatsiya tizimi boshqarmasiga oʻrnatilgan suv olish limiti doirasida tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlariga va alohida suv xoʻjaligii ekspluatatsiya tashkilotlariga suvni yetkazib berish hamda tizimdagi nasos stansiyalar va agregatlarning ish rejimini kelishish;
3) irrigatsiya tizimini tezkor ishlatish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etish;
4) tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari va alohida suv xoʻjaligii ekspluatatsiya tashkilotlari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalarni tuzish;
5) umumiy suv xoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritish.”
4-bobga quyidagi mazmundagi 31 va 32-paragraflar qoʻshilsin:
“§ 31. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining huquq va majburiyatlari
221. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
2) suvdan foydalanish masalalari boʻyicha kelishish uchun taqdim etiladigan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
3) boshqa irrigatsiya tizimlari va gidromeliorativ tarmoqlarda tozalash va taʼmirlash ishlarini shartnomalar boʻyicha bajarish;
4) magistral kanal va undagi gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha taqdimnoma kiritish;
5) umumiy suv xoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritish;
6) favqulodda holatlarda magistral kanal boshqarmasining xizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarni oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun jalb qilish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega.
222. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari:
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
2) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
3) Vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
4) Vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
5) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;
6) suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
§ 32. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining huquq va majburiyatlari
223. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tumanlar (shaharlar) boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
2) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va mahalliy hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
3) suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida kelishish uchun taqdim qilinadigan qarorlar loyihalari boʻyicha xulosalar berish;
4) suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish;
5) xoʻjalik sudlariga suv xoʻjaligi tashkilotlarining manfaatlarini himoya qiluvchi daʼvo arizalarini berish;
6) favqulodda holatlarda irrigatsiya tizimi boshqarmasining xizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarni oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun jalb qilish;
Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
224. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari:
1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
2) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
3) Vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
4) Vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
5) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida suv xoʻjaligini rivojlantirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
6) suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.”
25-bandning 23-kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlarida, Davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari takliflariga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosarlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari boshliqlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari boshliqlari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari boshliqlari, meliorativ ekspeditsiyalar boshliqlari, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Suvqurilishinvest” DUK direktorlari;”;
4-kichik banddagi “birlashmasi boshligʻi” soʻzlaridan keyin “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktorini va uning oʻrinbosarini, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosarini” soʻzlari qoʻshilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida yillik indeksatsiyani oʻz ichiga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2019-yilda 15 136 200 ming.soʻm”;
“66. Vazirlik markaziy apparati, “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati, Axborot-tahlil va resurs markazi, Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati budjetdan ajratilgan mablagʻlar, Suv xoʻjaligi vazirligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, suv xoʻjaligining boshqa budjet tashkilotlari faoliyati esa — budjetdan ajratilgan mablagʻlar va qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”.
2-bandning beshinchi xatboshisidagi “markaziy apparati,” soʻzlaridan keyin ““Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati, Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati” soʻzlari qoʻshilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlaridagi yillik indeksatsiyani oʻz ichiga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2019-yilda 15 136 200 ming.soʻm”;
“v) Vazirlik markaziy apparati, “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati, Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan xodimlarni ichki turizmga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash”;
“d) Vazirlik markaziy apparatining faoliyati uchun joriy xarajatlar shu jumladan, bayram (Yangi yil, Navroʻz, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, kasb bayrami) tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga”.
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati, Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlari mukofotlanadi va ularga moddiy yordam koʻrsatiladi”.
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Suv xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritadigan” soʻzlari chiqarib tashlansin, “xodimlarning” soʻzi “Xodimlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati, Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbasi — budjet mablagʻlari, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;”
d) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiradigan budjet tashkilotlari
Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati
1
20
“Qaramazi-Qilichbay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
1
6
“Polvon-Gʻazovat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
1
9
“Toshsaqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
1
9
“Shovot-Qulovat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
1
11
Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari*
9
22
Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
1
7
Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya
1
8
Jami:
16
92
Hammasi:
245
1504
Izoh. * Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga 5a-ilovada keltirilgan.”
“Jami” qatoridagi “622” raqami “630” raqami bilan almashtirilsin;
z) 7-ilovaning 4-bandidagi “har yilning 20-martiga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
i) 7b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) moviy rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq moviy rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “SUV XO'JALIGI A'LOCNISI”, uchinchi satrda “ko'krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti,17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “_____-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi (15 millimetrli chiziq bilan birga) joylashgan.
“Guvohnoma” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan rahbar yoki xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Matnda “O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrug'iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “SUV XO'JALIGI A'LOCNISI” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
“VAZIR” soʻzidan soʻng, imzo uchun 20 millimetrli chiziq chizilgan. Uning tagiga “(Imzo)” soʻzi yozilgan. Undan pastda chap tomonda muhr oʻrni uchun “M.O'.” soʻzlari yozilgan.”
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli bir satrdan iborat matn joylashgan. Matnda “VAZIR” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.”
Vazirlik markaziy apparati joylashgan binoni (Toshkent shahar M. Ulugʻbek tuman Qori Niyoziy koʻchasi 39 “A” korpus) mukammal taʼmirlash va unga tegishli hududni obodonlashtirish hamda xizmat xonalarini zarur mebel, kompyuterlar, ofis jihozlari va uskunalari bilan jihozlash uchun zarur xarajatlar vazirlikka ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida amalga oshirish
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2019-yil
aprel
Investitsiyalar boʻyicha
davlat qoʻmitasi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
”;
oʻn yettinchi pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlaridagi yillik indeksatsiyani oʻz ichiga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2019-yilda 15 136 200 ming.soʻm miqdoridagi mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻz vaqtida tushishini taʼminlash.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi 715-son qarori 2-bandining 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: