toggle_night_mode
Hujjat 18.07.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-noyabrdagi PQ-4039-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-mart,
215-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidrotexnika inshootlari davlat kadastri boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa vakolatli organlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-martdagi 88-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 20-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “Suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 88-son qarori 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasining
TARKIBI

Xamrayev Sh.R.

Suv xoʻjaligi vaziri, milliy qoʻmita raisi

Ernazarov N.Sh.

“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi, milliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

Turgunov D.A.

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

Zokirov B.I.

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Moʻminov A.A.

Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari

Maxmudov I.E.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b.

Axmedov A.I.

“Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatining direktori

Najimov M.F.

“Oʻzsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyatining direktori

Yusupov B.A.

“UzGIP” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari

Yestifeyeva A.G.

“Gidroloyiha” aksiyadorlik jamiyatining loyiha bosh muhandisi

Durmatov J.R.

Suv xoʻjaligi vazirligining Irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boshqarmasi boshligʻi

Muradkabilov V.A.

Qurilish vazirligining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi davlat unitar korxonasi bosh direktori

Primov Sh.A.

“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining “Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” DUK boshligʻi

Xasanov B.B.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani

Bakiyev M.R.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor

Toshxoʻjayev A.U.

Toshkent arxitektura-qurilish institutining kafedra mudiri

Irisboyev Z.A.

“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari — milliy qoʻmita kotibi

Izoh. Oʻzbekiston katta toʻgʻonlar milliy qoʻmitasining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, milliy qoʻmita tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.”
v) 2-ilovaning 3-banddagi “Favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “Suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 15-bandi 17-kichik bandidagi “Favqulodda vaziyatlar” soʻzlari “Suv xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 166-modda):
a) qarorning nomidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-banddagi “gidrotexnik inshootlarning barqaror faoliyatini taʼminlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-banddagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “gidrotexnik inshootlar,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandning oltinchi xatboshisidagi “I, II va III kapitallik toifasidagi gidrotexnik inshootlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “gidrotexnik inshootlar,” soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi va xavfsiz ishlashini,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“k” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “gidrotexnik inshootlardan xavfsiz foydalanish,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 12-son, 297-modda):
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandiga “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son; 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)