Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarining 4-ilovasi
6-bandi “Giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.