Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib
qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
89-band “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “, ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-ilovaning
5-bandi “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.