Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008, 2009-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.