1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining vazifalari qayta koʻrib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi, shuningdek, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi.
Shu bilan birga, xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini yaratishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.
Jumladan, uzoq muddat bola parvarishlash bilan band boʻlgan ayollarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha qayta tayyorlash borasidagi ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.
Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-maydan:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sogʻligʻiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan soha yoki kasblar roʻyxati tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.06 Ijtimoiy va boshqa taʼtillar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.06 Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar unga qaraganlik uchun onalarga beriladigan nafaqalar]
bola parvarishlash taʼtilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qoʻshimcha bir oy nafaqa toʻlanadigan bola parvarishlash taʼtili beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
ikki yoshga toʻlmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.24.00 Xodimlarni ishdan boʻshatib olish asoslari va tartibi;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.08.00 Fuqarolarning asosiy (konstitutsion) majburiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki]
erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari koʻmagida nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega boʻlgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”ni (keyingi oʻrinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Quyidagilarni markazlarning asosiy vazifalari etib belgilash tavsiya etilsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.06 Ijtimoiy va boshqa taʼtillar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar boʻyicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan ayollarni markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
ayollarning oʻz biznesini tashkil etish va yuritish koʻnikmalarini shakllantirish, biznes gʻoyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, shu jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini tanlash va qoʻllash, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
zarur hollarda, faoliyatini boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga mahallalardagi boʻsh turgan binolardan joy ajratilishiga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam koʻrsatish, shu jumladan, ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda koʻmaklashish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga roʻyxatdan oʻtish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam koʻrsatish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
markazlar biznes-inkubator shaklida xotin-qizlarning tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi;
markazlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va asosiy vazifalari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga tijorat banklariga imtiyozli kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushgan mablagʻlar (bank marjasidan tashqari) hamda xalqaro tashkilotlar grantlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat asosida maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladi;
maxsus oʻqitish dasturlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida ajratiladi;
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tijorat banklariga har yili ajratiladigan 100 milliard soʻm resurs mablagʻlari imtiyozli kredit mablagʻlarining manbasi etib hisoblanadi. Mazkur resurs mablagʻlarining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladigan xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bir oy muddatda kredit olish uchun tavsiya berish jarayonini adolatli va shaffofligini taʼminlovchi tartibni tasdiqlasin.
5. Xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi koʻmagidagi Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
mamlakatda gender tenglikni taʼminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ayollarning gender tengligi buzilishiga oid murojaatlarini koʻrib chiqish;
kasbiy segregatsiya, ish haqi oʻrtasidagi farq, aholining iqtisodiy faol qatlami orasida ayollarning ulushini koʻpaytirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash va samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda keng qamrovli targʻibot ishlarini tashkil etish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
7. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
gender tenglik tushunchasi va turlari;
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanishda gender tenglikni taʼminlashga oid normalar;
gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
maishiy, ish joyidagi va taʼlim muassasalaridagi tazyiq va zoʻravonliklar turlari;
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
tazyiq va zoʻravonliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor boʻlgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlarning “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishini va maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilanib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda markazlarni barcha sharoitlarga ega boʻlgan xizmat xonalari bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlarini xotin-qizlarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari kamsitilishi holatlari mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilib, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiya bilan hamkorlikda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, birinchi navbatda, ayollarni qoʻllab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning texnik koʻmak vositalari va kreditlarini jalb qilish boʻyicha doimiy va tizimli ravishda zarur tashkiliy-amaliy choralar koʻrish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-mart,
PQ-4235-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiyasi
TARKIBI
1.
N.T. Yoʻldoshev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Komissiya raisi
2.
T.K. Narbayeva
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari
3.
D.G. Tashmuxamedova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari
4.
A.X. Saidov
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori
5.
G.Gʻ. Maxmudova
—
“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)
6.
X.B. Abduvaxidov
—
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisi
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi direktori (kelishuv asosida)
8.
D.M. Maxbubov
—
Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisining oʻrinbosari
9.
D.K. Muratova
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi boʻlimi boshligʻi
10.
G.A. Ishanxanova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boʻlimi mudiri
11.
N.N. Shotursunov?
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlimi boshligʻi
12.
D.N. Kuziyeva
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlimi boshligʻi
13.
N.T. Matyakubova
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi yuriskonsulti
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga tayinlanganlar yoxud tegishli funksiyalar bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq toʻlanmaydigan uy ishlarini bajarishda sarflangan oʻrtacha soatlar soni
(imkoniyat boʻlganida, uy ishlarida va bolalarni parvarish uchun sarflangan vaqt alohida koʻrsatilsin)
Davlat statistika qoʻmitasi
2.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida birgalikda haq toʻlanadigan va haq toʻlanmaydigan uy ishlari uchun sarflangan oʻrtacha soatlar soni (yuklamaning umumiy hajmi)
Davlat statistika qoʻmitasi
3.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yosh, 15 yosh hamda undan katta yoshdagilarning (15 +) ishchi kuchida ishtiroki koeffitsiyenti
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
4.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band boʻlganlar umumiy sonida oʻzini-oʻzi band qilganlarning ulushi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
5.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ishchilar tarkibidan band boʻlganlar ulushi, oilaviy biznesiga daromad olib kelayotganlar
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
6.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ish beruvchilar tarkibidan band boʻlganlar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
7.
Ayollar egalik qilayotgan firmalar foizi
Davlat xizmatlari agentligi
8.
Xotin-qizlar va erkaklarning sektorlar kesimida bandlik foizi
(sektorlar deb, qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish kabi sohalar tushuniladi)
Davlat statistika
qoʻmitasi
9.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida qishloq xoʻjaligida band boʻlmaganlar soniga nisbatan norasmiy sektorda band boʻlganlar foiz hisobida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
10.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yoshlilar oʻrtasida yoshlar ishsizligi koeffitsiyenti
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
11.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida kreditlarni olish imkoniyatiga ega boʻlgan aholi soni
Davlat statistika qoʻmitasi
12.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yer mulkiga ega boʻlgan katta yoshli aholi soni
Davergeodezkadastr qoʻmitasi
13.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq toʻlashdagi farq
Davlat statistika qoʻmitasi
14.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band boʻlganlar sonidan toʻliq band boʻlmaganlar ulushi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
15.
25 — 49 yoshlilar 3 yoshgacha boʻlgan farzandi bilan va farzandsiz uy xoʻjaligida yashayotgan kishilar orasidagi bandlik koeffitsiyenti
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
16.
Tarbiyasi sustkashlik bilan olib borilayotgan 3 yoshga toʻlmagan bolalar soni.
Davlat statistika qoʻmitasi
17.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida internetdan foydalanayotgan shaxslar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
18.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida mobil/uyali aloqa vositalaridan foydalanayotganlar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
19.
Ommaviy axborot vositalaridan (radio, televideniye, internet) foydalanayotgan uy xoʻjaliklari ulushi, uy xoʻjaliklari boshligʻi Xotin-qizlar va erkaklar kesimida
Davlat statistika qoʻmitasi
20.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yoshlar savodxonligi darajasi (15 — 24 yoshlilar orasida)
Davlat statistika qoʻmitasi
21.
Oʻgʻil bolalar va qizlar kesimida boshlangʻich taʼlim bilan qamrab olinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
22.
Oʻgʻil bolalar va qizlar kesimida oʻrta taʼlim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
23.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida maktabdan keyingi taʼlim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
24.
Boshlangʻich, oʻrta, maktabdan keyingi taʼlim bilan qamrab olish darajasi boʻyicha gender tengligi indeksi
Davlat statistika qoʻmitasi
25.
Fan, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
26.
Maktabdan keyingi taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibida ayollarning ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
27.
Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga qabul qilinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
28.
Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimni tugatganlik koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
29.
Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida oʻrta taʼlimning birinchi bosqich bitiruvchilarning umumiy koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
30.
Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimdan taʼlimning oʻrta boʻgʻiniga oʻtish koeffitsiyenti (umumiy dasturlar)
Davlat statistika qoʻmitasi
31.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 25 yosh va undan kattalar taʼlim olganligi darajasi
Davlat statistika qoʻmitasi
32.
15 — 49 yoshli turmushga chiqqan ayollar hamda ittifoqda yashayotgan ayollar orasida kontratseptik vositalaridan keng foydalanilganlik koʻrsatkichi (%)
Davlat statistika qoʻmitasi
33.
Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida 5 yoshga toʻlmagan bolalar oʻlimi (holatlar soni)
Davlat statistika qoʻmitasi
34.
Onalar oʻlimi koeffitsiyenti
Davlat statistika qoʻmitasi
35.
Perenatal parvarishlash/xizmat koʻrsatish doirasi (%)
Sogʻliqni saqlash vazirligi
36.
Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan parvarish qilingan tugʻilishlar soni
Sogʻliqni saqlash vazirligi
37.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 yoshlilar va undan kattalar oʻrtasida tamaki mahsulotlarni isteʼmol qilish tarqalganligi (%)
Davlat statistika qoʻmitasi
38.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ortiqcha vazn (semizlikdan) aziyat chekayotgan katta yoshlilar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
39.
15 — 49 yoshlilar orasida OIV/OITS tashxisi bilan kasallangan ayollar ulushi (soni)
OITS markazi
40.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida retroviruslarga qarshi davolanayotganlar soni
OITS markazi
41.
Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 60 — 64 yoshlilar oʻrtacha umr koʻrishi ehtimoli yuqori boʻlganlar (%)
Davlat statistika qoʻmitasi
42.
Yoshi kattalarning vafot etishi (sabablar va yosh boʻyicha toifalari kesimida)
Davlat statistika qoʻmitasi
43.
Vazir (vazirga tenglashtirilgan) lavozimlarda faoliyat koʻrsatayotgan ayollar ulushi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
44.
Milliy Parlamentda ayollar egallagan lavozimlar (deputatlik oʻrinlari) ulushi
Markaziy saylov komissiyasi
45.
Boshqaruv lavozimlarida faoliyat koʻrsatayotgan ayollar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
46.
Ichki ishlar xodimlari sonidan ayollar ulushi
Ichki ishlar vazirligi
47.
Sudyalar orasida ayollar ulushi
Oliy sud
48.
Jinsiy sherigi boʻlgan, shuningdek soʻnggi 12 oyi davomida amaldagi yoki oldingi jinsiy sheriklari tomonidan jinsiy va/yoki jismoniy zoʻrlanishga duchor boʻlgan (15 — 49 yoshdagilar) ayollar ulushi
Ichki ishlar vazirligi
49.
Yaqin sherik hisoblanmagan shaxslar tomonidan jinsiy zoʻrlanishga duchor boʻlgan ayollar, 15 yoshli va undan kattalar (15 — 49 yoshdagi ayollar) ulushi
Ichki ishlar vazirligi
50.
Ayollarning jinsiy organlarida mayib (majruh) qiluvchi operatsiyalar tarqalgani / kesishlar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
51.
20 — 24 yoshda turmush qurgan ayollar sonidan 18 yoshga toʻlmasdan qonuniy yoki noqonuniy turmush qurgan ayollar ulushi
Davlat statistika qoʻmitasi
52.
Oʻsmir qizlar orasida erta tugʻruqlar foizi
Davlat statistika qoʻmitasi
53.
Homiladorlik va tugʻish taʼtillari davomida nafaqa olgan fuqarolar soni
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
54.
Homiladorlik va tugʻish nafaqalar manbalari toʻgʻrisida maʼlumotlar
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi
Izoh: “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim qilinadi.